AQSh Davlat departamenti Venesuelaning Cartel de los Soles (“Quyosh karteli”) narkokartelini “xalqaro terrorchi tashkilotlar” ro‘yxatiga kiritdi. Bu qaror 16-oktyabr kuni qabul qilingan, ammo bu haqda bugun e’lon qilindi.
Mutaxassislarga ko‘ra, Davlat departamentining qarori Qo‘shma Shtatlarga Venesuela hududiga harbiy zarbalar berish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Qayd etilishicha, AQSh rasmiylari Cartel de los Soles’ni Venesuela hukumati tarkibidagi korrupsiyalashgan amaldorlar guruhi deb biladi, uning boshida esa mamlakat prezidenti Nikolas Maduro turadi deb hisoblanadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!