"Kulol va Xurmacha" filmidagi Xurmacha roli orqali shuhrat qozongan kinoaktyor Abror Tursunov vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi ma’lum qildi.
"Madaniyat vazirligi marhumning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildiradi", deyiladi bu haqdagi xabarda.
Ma’lumot o‘rnida, kinoaktyor faoliyati davomida “Chinor ostidagi duel”, "Suyunchi", "Abdullajon", “Kim jinni”, “Ayollar saltanati” kabi ko‘plab filmlarda rol ijro etgan.
U kinematografiya olamiga o‘tgan asrning 70-yillarida kirib kelgan. Aktyor ilk bor "Chinor ostidagi duel" filmidagi Parpi roli bilan ko‘pchilikning e’tiboriga tushgan.
Ushbu muvaffaqiyatdan so‘ng aktyor ijro etgan rollar orta boshlagan. Garchi aktyor asosan kichik epizodik rollarni ijro etgan bo‘lsa-da, ular o‘zining hayotiyligi bilan tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘lgan. U bosh rollardan birini ham maromiga yetkazib o‘ynagan "Xurmacha" ertak filmi 90-yillarda ekran yuzini ko‘rgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!