Amerikalik aktyor Maykl Duglas ijtimoiy tarmoqlarning rivojlanishi tufayli shaxsiy hayoti unchalik yaxshi emasligini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hamkasbi 48 yoshli Leonardo Di Kaprio ham xuddi shunday muammodan aziyat chekmoqda. Ikkala yulduz ham ijtimoiy tarmoqlarda ma’lumot uzatish tezligidan hayratda.
“Men Leonardo Di Kaprio bilan bu haqda suhbatlashdim. Ijtimoiy tarmoqlar paydo bo'lishidan oldin hamma narsa boshqacha edi. Endi, qayerga bormang sizni kuzatib turishadi, keyin odamlar bu haqda yozishadi. Buni 100 kishi o‘qiydi, keyin esa 1000 kishi. Sizda avvalgidek erkinlik bo‘lmaydi”, – deydi aktyor.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!