Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir amalga oshirildi. Tadbir davomida Andijon shahrida qalbaki AQSh dollarini sotayotgan shaxslar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Ma'lumotlarga ko'ra, ikki nafar fuqaro qalbaki 2 000 AQSh dollarini fuqaro G.K.ga 20 mln so‘mga sotishga kelishib olgan.
Shundan 18 dona 100 AQSh dollarlik qalbaki kupyuralarni berib, evaziga 1 200 AQSh dollari va 5 mln so‘mni olgan vaqtlarida dalillar bilan ushlangan.
Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!