17-dekabr kuni ertalab soat 5:10 da Rossiyaning Ulyanovsk viloyatidagi Saransk-Surskoye-Ulyanovsk federal trassasining 209-kmda O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda O‘zbekistonning Qozondagi Bosh konsulligi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Cobalt avtomobilining haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘lda harakatlanayotgan Mazga duch kelgan.
“Avtohalokat natijasida yengil avtomobilda bo‘lgan besh kishi halok bo‘ldi, yuk mashinasi haydovchisi tibbiy muassasaga olib ketildi”, — deyiladi xabarda.
Bosh konsullik avariya natijasida besh nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lganini ma’lum qildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!