Respublika bo‘ylab, kripto-aktivlar ishlab chiqarishda noqonuniy mayning faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar tomonidan energiya resurslarni talon-toroj qilinishini fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda.
Samarqand viloyati Ishtixon tumani “Qaraquyli” MFYda joylashgan “M.G.M” oilaviy korxona rahbari X.Y. jamiyat binosining yer to‘lasida mayning qurilmalarini elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 1,8 mlrd. so‘mlik 2 mln kVt/soat elektr energiyasini o‘g‘irlagan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi axborot xizmati ma’lum qildi.
Mazkur holatlar yuzasidan X.Y.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.
“Shuni unutmangki, energoresurslardan qonunga xilof ravishda foydalanish holatlari fosh etiladi va jazo muqarrarligi ta’minlanadi”, – deyiladi Bosh prokuratura xabarida.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!