Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Ichki ishlar hamda Bojxona organlari xodimlari hamkorligida Asaka tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Lacetti rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi. Tekshiruv jarayonida avtomashinada bo‘lgan Namangan va Marg‘ilon shaharlarida yashovchi, 1970, 1981 va 1984-yillarda tug‘ilgan 3 nafar fuqaroga tegishli 2 kg gashish moddasi borligi aniqlanib, holat protsessual tartibda rasmiylashtirildi. Shuningdek, Marhamat tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa Quva shahrida yashovchi, 1985-yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomashinadan 497 gr gashish ashyoviy dalil sifatida olindi. Hozirda har ikki holat bo‘yicha og‘ufurushlarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!