Kecha, 23-noyabr kuni soat 08:10 lar atrofida, Jizzax shahar, “Amir Temur” MFY hududidan o‘tuvchi D-050 “Jizzax-G‘allaorol” avtomobil yo‘lining 34 km.da, 1998-yilda tug‘ilgan, Jizzax viloyati, Baxmal tumanida yashagan haydovchi Matiz rusumli transport vositasini Jizzax-G‘allaorol yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib ketayotgan vaqtda o‘zi bilan bir yo‘nalishda oldinda harakatlanib ketayotgan avtomashinani quvib o‘tish maqsadida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan, 1992-yilda tug‘ilgan Jizzax viloyati Baxmal tumanida yashovchi Haydovchi boshqaruvida bo‘lgan ZIL-130 rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan. Ushbu YTH oqibatida Matiz rusumli transport vositasi haydovchisi va avtomashinada bo‘lgan 2 nafar yo‘lovchilar olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida halok bo‘lgan. Bu haqda Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.
Hozirda, mazkur holat yuzasidan Jizzax shahar Ichki ishlar boshqarmasining Tergov bo‘limi tomonidan jinoyat kodeksining 266-moddasi uchinchi qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!