AQSh hukumati Ukrainaga yangi harbiy yordam paketini ajratmoqchi. Bu haqda Oq uy milliy xavfsizlik kengashining strategik kommunikatsiyalar bo‘yicha koordinatori jon Kirbi ma’lum qildi.
“Bugun sizga aytadigan hech narsam yo‘q, lekin kelgusi haftalarda Ukrainaga yangi harbiy yordam paketlarini ajratishda davom etishimizni ko‘rasiz”, – degan Kirbi.
Avvalroq, xorijiy ommaviy axborot vositalari AQSh ma’muriyati Ukrainaga uzoq masofali raketalarni yetkazib berish masalasini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar bergan edi. Gap AQShning to‘rtinchi avlod qiruvchi samolyotlaridan 300 km.dan ortiq masofada uchirilishi mumkin bo‘lgan havo qurollari — JASSM raketalari haqida ketmoqda.
Yaqinda AQSh Ukrainaga 125 million dollarlik 63-harbiy yordam paketini ajratgan edi. Vashington Kiyevga HIMARS raketa tizimlari uchun o‘q-dorilarni, 155 mm va 105 mm kalibrli artilleriya snaryadlarini, Stinger portativ Zenit raketa tizimlarini, AT-4, TOW va Javelin tankga qarshi raketa tizimlarini topshirgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!