“Avatar 2: Suv yo‘li” filmining kassasi bir milliard dollardan oshdi. Film taqdim qilinganidan so‘ng hafta oxiri kutilganidan ham yomonroq kechganiga qaramay, kassadagi ikkinchi dam olish kunlari Jeyms Kemeronning blokbasteri jiddiy chidamlilikka ega ekanligini ko‘rsatdi.
Dushanba holatiga ko‘ra, eng yaxshi 5 xorijiy bozorlar qatoriga Xitoy, Fransiya, Janubiy Koreya, Germaniya va Hindiston kirdi.
Milliardlab daromadlar shuni ko‘rsatadiki, “Avatar-2” ishlab chiqarish xarajatlari 350 million dollardan 400 million dollargacha bo‘lishiga qaramasdan hech qanday zarar ko‘rmadi. Bu ulkan film loyihasining to‘rtinchi va beshinchi qismlarining istiqbollarini baholash uchun juda muhimdir.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!