Rejissyor Jeyms Kemeron tomonidan suratga olingan “Avatar: Suv yoʻli” blokbasteri tarixdagi eng kassabop filmlar beshtaligiga kirdi. U jahon kinoprokatidan 2,054 milliard AQSh dollari miqdorida foyda olgan va “Qasoskorlar: Abadiylik kurashi” filmini ortda qoldirib ketgan.
Prokatdan tushgan daromadning 600 million dollari AQSh hududiga toʻgʻri kelmoqda. Film ayni vaqtda kassabop loyihalar reytingida beshinchi oʻrinni egallab turgan boʻlsa, hafta oxiriga kelib toʻrtinchi oʻringa chiqib olishi mumkin. Agar “Suv yoʻli” toʻrtinchi oʻrinni band etadigan boʻlsa, “Yulduzlar jangi: Kuchning uygʻonishi” filmini ortda qoldiradi.
Ayni vaqtda kino tarixidagi eng kassabop 3 loyiha quyidagilar boʻlib turibdi:
3-oʻrin. “Avatar” – 2,92 mlrd
2-oʻrin. “Qasoskorlar: Intixo” – 2,79 mlrd
1-oʻrin. “Titanik” – 2,19 mlrd
Jeyms Kemeron bugungi kunga qadar suratga olgan filmlari orasida naq uchtasi jahon kinoprokatidan 2 milliard AQSh dollaridan koʻp daromad olgan birinchi rejissyor hisoblanadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!