Melburnlik 22-yoshli Ben Makmaxon dahshatli baxtsiz hodisaga duch kelgan va komaga tushib qolgan, komadan chiqqanidan keyin to‘satdan Xitoy tilida gapira boshlaganida, shifokorlar va oila a’zolarini hayratda qoldirgan.
Yigit ilgari maktabda chet tilini o‘rgangan, ammo kursni tugatmagan. Hamshiraning so‘zlariga ko‘ra, u uyg‘ongan va Xitoy tilida unga murojaat qilib, ota-onasiga: “men onamni yaxshi ko‘raman, dadamni yaxshi ko‘raman, tuzalib ketaman” degan ta’sirli xabarni yozish uchun qog‘oz va qalam so‘ragan. “Bizga Ben komadan chiqqanini, lekin Xitoy tilida gaplashayotganini aytishdi. Biz juda xavotirda edik”, – deb eslaydi yigitning otasi Mark.
Benning o‘zi chet tilida gapirayotganini tushunmaganini tan oldi, chunki bu o‘z-o‘zidan sodir bo‘lgan. Ona ingliz tilini eslash uchun unga bir necha kun kerak bo‘ldi. Ajoyib voqea Makmaxon uchun yangi imkoniyatlarni ochib berdi: yigit Xitoy tilida ekskursiyalar o‘tkazishni va mualliflik televizion dasturini olib borishni boshladi. Hozir u Shanxayda yashaydi va tijoratni o‘rganmoqda.
Ben 2014-yilda avtohalokatga uchragan. Uning mashinasiga yuk mashinasi kelib urilgan. Unga o‘nga yaqin suyak sinishi va miya chayqalishi tashxisi qo‘yilgan. Kvinslend institutidan nevrolog olim Pankay Sah bu miyaning nutq uchun mas’ul bo‘lgan qismiga zarar yetkazish natijasida sodir bo‘lgan deb taxmin qilmoqda.
Shunga o‘xshash holatlar ilgari ham bo‘lgan: 2010 yilda xorvatiyalik qiz to‘satdan nemis tilida gapira boshlagan bundan tashqari 2013-yilda AQSh faxriysi komadan shved tilini bilgan holda uyg‘ongan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!