“Barbi” filmi nafaqat Warner Bros. tarixidagi, balki 2023-yildagi eng ko‘p daromad keltirgan filmga aylandi. Kartina butun dunyoda jami 1 milliard 360 million dollar mablag‘ to‘pladi. Bu esa unga “Super Mario” multfilmidan o‘zib ketish uchun yetarli bo‘ldi. Animatsiya bu yil davomida 1 milliard 359 million dollar ishlab topgan edi.
Katta ehtimol bilan “Barbi” yilning eng daromadli filmi bo‘lib qoladi. Yilning qolgan qismida taqdim qilinadigan “Napaleon”, “Kapitan Marvel-2” hamda “Aquamen-2” filmlari bunday natijaga erishishi kutilmayapti.
Ma’lumot uchun, kartina 2023-yilning 21-iyul kunida “Oppengeymer” filmi bilan birgalikda premyera qilingan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!