$
12964.43 UZS
-30.16
158.28 UZS
0.6
14744.45 UZS
-17.4
20° Kechasi 10°

Bekobod shahri hokimi ishdan ketgani haqida noodatiy uslubda e’lon qildi

11:09 / 12.05.2022

Bir muddat oldin ijtimoiy tarmoqlarda may oyining boshlarida Toshkent viloyati hokimi raisligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishlarning birida (aniqlik kiritilishicha, 30-aprel kuni videoaloqa shaklida tashkiliy yig‘ilish o‘tkazilgan) Bekobod shahar hokimi Zafar Fayzullayevning viloyat hokimidan so‘kish eshitani va bunga chiday olmasdan javob qaytargani va buning ortidan uning hokimlik faoliyatini tekshirish boshlangani aytilgan edi.

Bugun, 12-may kuni shahar hokimi Zafar Fayzullayev Facebook‘dagi sahifasi orqali ishdan bo‘shayotgani va o‘tgan 5 yilda shahar aholisi bilan ko‘p ishlarni amalga oshirganini aytib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar uchun uzr so‘ragan.

“Hurmatli hamshaharlar, do‘stlar. Bugun mening Bekobod shahar hokimi sifatidagi vakolatim yakuniga yetdi.

Bu buyuk shaharga rahbar etib tayinlaganlari uchun hurmatli Prezidentimiz Shavkat Miromonovichga cheksiz hurmatimni va minnatdorchiligimni bildiraman. Shu 5 yil davomida hurmatli Prezidentimiz doim o‘zlarini mehrlarini Bekobod shahriga va uning mehnatkash aholisiga bildirib keldilar. Qilingan ishlarni sanab chiqsak, qog‘ozlar tom-tom bo‘lib ketadi.

Men barcha bekobodliklarga o‘zimning hurmatimni bildirib, ularni hayotlarida omad va saodat tilayman.

Men ham o‘zimning qo‘limdan kelganicha sizlar bilan ishlab, yashab shu yerni suvini ichib, havosidan nafas olib, tuzini yeb faoliyat ko‘rsatdim. Sizlarni barchangizga sihat-salomatlik, omad tilayman. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarim uchun sizlardan uzr surayman. Xayr!” – deb yozib qoldirgan Zafar Fayzullayev.


Bu ham qiziq

Savdo urushi fonida oltin narxi rekord darajaga yetdi

Savdo urushi fonida oltin narxi rekord darajaga yetdi

Oltin narxi yangi yuqori darajaga ko‘tarildi, chunki investorlar AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushi oqibatlaridan xavoti…
10:35 / 19.04.2025
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq holatlar fosh etildi

Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq holatlar fosh etildi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishla…
22:00 / 19.04.2025
Endi Toshkent metrosi tonnellarida ham aloqa operatorlari ishlaydi

Endi Toshkent metrosi tonnellarida ham aloqa operatorlari ishlaydi

Toshkent metropoliteni tizimi yo‘lovchilar uchun muhim transport turi bo‘lib, shahar bo‘ylab qulay va samarali harakatlanish…
17:00 / 19.04.2025
A Seriya. “Roma”da g‘alaba, Shomurodov yana eng yaxshisi

A Seriya. “Roma”da g‘alaba, Shomurodov yana eng yaxshisi

Kecha, 19-aprel kuni bo‘lib o‘tgan A Seriya 33-tur uchrashuvida “Roma” o‘z maydonida “Verona”ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.
09:52 / 20.04.2025
“Yangiyo‘l tumani IIBga chaqirilib, bir necha soat ushlab turildim” – Rasul Kusherbayev

“Yangiyo‘l tumani IIBga chaqirilib, bir necha soat ushlab turildim” – Rasul Kusherbayev

Sobiq deputat unga nisbatan asossiz ariza bilan yashash joyi Yangiyo‘lda emasligiga qaramay, aynan shu tuman IIBsi ish bilan…
11:48 / 20.04.2025
Rossiya migrantlardan olingan rus tili imtihonlarida 30 mln dollar ishlab oldi

Rossiya migrantlardan olingan rus tili imtihonlarida 30 mln dollar ishlab oldi

“Mehnat migrantlarining rus tilidan imtihon topshirishi Rossiya budjetiga qo‘shimcha 2,5 mlrd rubl (30,4 million dollar) oli…
11:13 / 19.04.2025
Toshkentda erkak bankni soxta qurolda oʻmarmoqchi boʻldi

Toshkentda erkak bankni soxta qurolda oʻmarmoqchi boʻldi

Toshkentda bank xizmatlari markaziga uyushtirilgan bosqinchilik harakati yuzasidan maʼlumot berildi.
08:41 / 19.04.2025
Ruslan Abdullayevga profboks kamari uchun ikkita jang yetarli bo‘ldi

Ruslan Abdullayevga profboks kamari uchun ikkita jang yetarli bo‘ldi

Bugun, 20-aprel kuni AQShning Kaliforniya shtati Oushensayd shahrida o‘tkazilgan professional boks oqshomida o‘zbekistonlik …
11:04 / 20.04.2025
20-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

20-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 7-9 daraja, kunduzi 18-23 daraja bo‘ladi.
22:37 / 19.04.2025
O‘zbekistonning Bahrayndagi elchisi tayinlandi

O‘zbekistonning Bahrayndagi elchisi tayinlandi

Ar-Riyod shahrida istiqomat qilayotgan Nodirjon Turg‘unov Bahrayn Qirolligi tashqi ishlar vaziri Abdullatif bin Rashid Al-Za…
20:18 / 18.04.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!