Agar olimlar avvalroq COVID-19 davosini ixtiro qilishga muvaffaq bo‘lganlarida, koronavirus pandemiyasi butunlay boshqacha kechishi mumkin edi. Bu haqda milliarder va Microsoft asoschisi Bill Geytsning The New York Times gazetasidagi maqolasida aytib o‘tdi. Uning fikricha, bu holda o‘lim darajasi ancha past bo‘lar edi. U, shuningdek, virusga qarshi dori yaratish jarayonini tezlashtirish va tartibga solishga chaqirdi.
“Agar olimlar avvalroq davolashni ishlab chiqishga muvaffaq bo‘lganida, koronavirus pandemiyasi butunlay boshqacha bo‘lar edi”, deya ta’kidlagan Geyts.
Uning fikricha, bu holatda koronavirusdan o‘lim darajasi sezilarli darajada past bo‘lishi mumkin. Milliarderning qo‘shimcha qilishicha, terapevtik vositalar kasallikning avj olishi vaqtida zarur, shuning uchun kelajakda ularni ishlab chiqarishdagi kechikishlarga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Tadbirkor, shuningdek, xavfsizlikka putur yetkazmagan holda virusga qarshi dori yaratish jarayonini tezlashtirish va optimallashtirishga chaqirdi. Geytsning so‘zlariga ko‘ra, buning uchun patogenlarga qarshi mavjud davolash usullari samaradorligini sinab ko‘rish, odamlarda tug‘ma immunitetni faollashtirish sohasida tadqiqotlar o‘tkazish, shuningdek, sun’iy intellekt texnologiyalariga sarmoya kiritish imkonini beruvchi dorivor birikmalarning maxsus kutubxonalarini yaratish kerak.
Ma’lumot uchun, avvalroq Bill Geyts koronavirusdan ham yomonroq bo‘lishi mumkin bo‘lgan pandemiya haqida ogohlantirgan edi. Shu boisdan u butun dunyo hukumatlarini navbatdagi yirik epidemiyaning oldini olish va oqibatlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun katta mablag‘ ajratishga chaqirdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!