$
12557.56 UZS
-34.15
159.44 UZS
-0.74
14809.13 UZS
-12.57
43° Kechasi 27°

“Bir kecha tunab qolish narxi 45 000 dollar”... Dunyodagi eng qimmat mehmonxonalar

12:47 / 18.07.2022

Noodatiylik va hashamat tushunchasi insonlarni qadim zamonlardanoq ohangrabo kabi oʻziga tortib keladi. Dunyoda shunday qimmatbaho mehmonxonalar borki, ularda bir kecha tunab qolish uchun bir necha ming dollarning bahridan kechishga tayyor boʻlishingiz kerak.

7-oʻrin. Birlashgan Arab Amirliklari – “Burj al-Arab” mehmonxonasi

Bir kecha tunash narxi – $18 000

Yelkan shaklidagi mashhur mehmonxona Dubayning bosh timsoliga aylanib ulgurgan. Mehmonxonaning ichki qismi qizil yogʻochdan qoʻl mehnati asosida ishlangan jihozlar bilan toʻldirilgan, polga haqiqiy marmar terib chiqilgan. Bu yerdagi xonalarning oʻz lifti ham bor desak ishonasizmi?

Har bir xonaga 4 karatli oltin bilan qoplangan planshetlar, 21 dyuymli iMac kompyuterlari va interfaol televizorlar joylashtirilgan.

6-oʻrin. London – “The Connaught” mehmonxonasi

Bir kecha tunash narxi – $23 500

Ushbu mehmonxonaning ichki dizayni jahonga dongʻi ketgan ijodkor Devid Kollinz tomonidan ishlab chiqilgan. Bu yerga yoʻl olgan mehmonlarni aeroportdan shaxsiy haydovchi kutib oladi, ularga maxsus sovgʻalar va yangi uzilgan guldasta taqdim etiladi. Toʻlov amalga oshirilganidan soʻng xonaning yangi sohibiga SPA-muolajalari, 2 ta Mishlen yulduziga ega boʻlgan shaxsiy oshpaz, xonaning oʻzidan turib dunyoning istalgan nuqtasiga bogʻlanish imkoniyati taqdim etiladi.

5-oʻrin. Fiji – “Laucala Island Resort” mehmonxonasi

Bir kecha tunash narxi – $25 000

“Laucala Island Resort” mehmonxonasini “Erdagi jannat” deya taʼriflaydilar. Mazkur orol hududida umumiy hisobda 25 ta villa joylashgan boʻlib, bu yerda dengizni tomosha qilish, tabiat qoʻynida hordiq chiqarish mumkin. Turli xalq oshxonalarini oʻzida jamlagan 5 ta hashamatli restoran, SPA markazlar, golf maydonchalari, chavandozlik maktabi va dayving markazi ham mehmonlar xizmatida boʻladi.

4-oʻrin. Bagama – “Atlantis Paradise Island Resort” mehmonxonasi

Bir kecha tunash narxi – $ 25 000

“Atlantis Paradise Island Resort”ning oʻziga xos tomoni shundaki, u butun boshli shaharni yodga soladi va Karib dengizi hududidagi eng katta mehmonxona hisoblanadi. Inshoot ichida 4000 ta xona, 30 dan ortiq restoran, 10 ta tennis korti, 11 ta basseyn va golf maydonchasi mavjud. Mehmonxonaning shaxsiy suv osti tunneli ham bor, bu yerda akulalar, skatlar va boshqa turdagi baliqlarni soatlab kuzatish mumkin.

3-oʻrin. Nyu-York – “Four Seasons” mehmonxonasi

Bir kecha tunash narxi – $34 000

Mehmonxona hududidagi eng katta nomer – 400 metrlik pentxaus binoning 52-qavatida joylashgan. Derazadan tashqariga qarab Manxettenning osmonoʻpar binolarini tomosha qilish mumkin. Mehmonlarga qulaylik yaratish maqsadida ularga shaxsiy haydovchi va mashina taqdim etiladi, ulov 24 soat davomida uzluksiz ravishda mehmonning xizmatida boʻladi.

2-oʻrin. Gretsiya – “Grand Resort Lagonissi” mehmonxonasi

Bir kecha tunash narxi – $35 000

Ushbu hashamatli mehmonxona oliy darajada xizmat koʻrsatishi va betakror tabiati bilan mashhurlikka erishgan. Bu yerda oʻz vaqtida Leonardo di Kaprio, Mel Gibson kabi taniqli shaxslar hordiq chiqarganlar. Mehmonxona hududidagi ulkan basseyn, 10 ta restoran, fitnes markazi va dayving klub mehmonlarga tun-u kun xizmat koʻrsatadi. Mehmonxona xodimlari esa rus, ingliz, italyan, fransuz, olmon va grek tillarida muloqot qiladilar.

1-oʻrin. Fransiya – “Grand Hatt Martinez”

Bir kecha tunash narxi – $45 000

Mehmonxonadagi maxsus pentxausning kattaligi 300 kv.metrni tashkil qiladi. Art-deko uslubida yaratilgan dizayn, devorlardagi noyob va qimmatbaho suratlar, ulkan basseyn va sokin muhit mehmonlarni oʻziga jalb qilib keladi.

Tashrif buyuruvchilar bu yerdagi zamonaviy restorandan tanovul qilishlari va Lotin Amerikasi oshxonasining mazali taomlariga baho berishlari mumkin.

Mehmonxonalarning narxi ularning nufuzi, mashhurligi, yaratilgan sharoitlar darajasidan tortib bu yerning restoranlarida faoliyat olib boruvchi oshpazlar malakasi-yu mahoratiga ham bogʻliq boʻlishi mumkin. Kimdir hordiq onlarining mukammal oʻtishi uchun kattagina pulning bahridan kechishga tayyor, kimdir esa pulni tejash maqsadida betakror maskanda dam orzusini unutishga qaror qiladi. Aslida bunga katta eʼtibor berishning ham keragi yoʻq. Zero, har bir insonning oʻz dunyoqarashi, oʻz fikrlari va hayot tarzi bor. Bu boradagi tanlov imkoniyati ham har kimning oʻz ixtiyorida.


Qiziqarli


														
														2024-yilda dunyo millionerlari soni 2,34 million kishidan oshdi

2024-yilda dunyo millionerlari soni 2,34 million kishidan oshdi

Bu haqda Knight Frank kompaniyasining yillik Wealth Report hisobotida keltirildi.
12:45 / 08.03.2025

														
														Mumtoz Mahal kim edi va Toj Mahal nima uchun unga atalgan?

Mumtoz Mahal kim edi va Toj Mahal nima uchun unga atalgan?

Dunyoning eng buyuk me’moriy obidalaridan biri bo‘lgan va haqiqiy sadoqat, sevgining timsoli hisoblanadigan Toj Mahal o‘zini…
17:04 / 06.02.2025

														
														O‘sha tun...

O‘sha tun...

Voqeiy hikoyaO‘sha kuni qo‘shni bolalar bilan qora kechgacha o‘ynadik.
16:27 / 03.02.2025

														
														Meduza niqobi: Sitsiliyada 2000 yildan oshiq noodatiy artefakt topildi

Meduza niqobi: Sitsiliyada 2000 yildan oshiq noodatiy artefakt topildi

Italiyalik arxeologlar Sitsiliya janubidagi Agrigento provinsiyasidagi zamonaviy Likata yaqinida joylashgan qadimiy Finziade…
11:14 / 27.01.2025

														
														Ilm-fan “otalari”

Ilm-fan “otalari”

Ilm-fan otalari tarix kitoblaridagi shunchaki nomlar emas. Ular g‘oyalari bilan insoniyat sivilizatsiyasiga hissa qo‘shgan o…
12:11 / 15.01.2025

														
														Gender testlari mojarosi bilan tanilgan Iman Halif Google’da eng ko‘p qidirilgan sportchi bo‘ldi

Gender testlari mojarosi bilan tanilgan Iman Halif Google’da eng ko‘p qidirilgan sportchi bo‘ldi

Google qidiruv tizimi orqali 2024-yilda eng ko‘p izlangan mavzularni sarhisob qildi va qidiruvlarni yo‘nalishlar bo‘yicha aj…
11:22 / 12.12.2024

														
														Yaponiyada odamlarni yuvadigan kir mashina yaratildi

Yaponiyada odamlarni yuvadigan kir mashina yaratildi

2025-yil aprel oyida Osaka shahrida bo‘lib o‘tadigan Butunjahon ko‘rgazmasida insonlar foydalanishi uchun mo‘ljallangan kir …
14:41 / 23.11.2024

														
														2024-yilning eng yaxshi pishlog‘i aniqlandi

2024-yilning eng yaxshi pishlog‘i aniqlandi

“Yilning eng yaxshi pishlog‘i” nomli an’anaviy xalqaro tanlov Portugaliyaning Vizeu shahrida o‘tkazildi.
10:26 / 20.11.2024

														
														“Titanik”dagi kapitanning soati auksionda sotildi

“Titanik”dagi kapitanning soati auksionda sotildi

Henry Aldridge and Son auksion uyining xabar berishicha, “Titanik”ning 700 dan ortiq yo‘lovchisini qutqargan “Karpatiya” kem…
10:22 / 18.11.2024

														
														Dunyodagi eng qimmat zumrad kimoshdi savdosida sotildi

Dunyodagi eng qimmat zumrad kimoshdi savdosida sotildi

CBS News nashrining xabar berishicha, shahzoda Sadriddin Og‘axon III ning Cartier broshidan zumradlari kimoshdi savdosida so…
09:34 / 16.11.2024

Bu ham qiziq

Haj ziyoratida 8 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi

Haj ziyoratida 8 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi

“Joriy yildagi “Haj-2025” mavsumi davomida O‘zbekistondan 15 mingdan ziyod hojilarning Haj amallarini tartibli va namunali a…
12:17 / 01.07.2025
AQSh urushdan chiqmoqda, Oq uy Ukrainaga o‘q-dorilar yetkazib berishni to‘xtatdi

AQSh urushdan chiqmoqda, Oq uy Ukrainaga o‘q-dorilar yetkazib berishni to‘xtatdi

“AQSh uchun Ukraina endi ustuvor yo‘nalish emas, Vashington tashqi siyosatining markazida ham emas”, — dedi Ukraina Oliy Rad…
09:30 / 03.07.2025
4-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

4-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

4-iyul kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol es…
15:39 / 03.07.2025
Ukraina va Buyuk Britaniya dron ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona tashkil qildi

Ukraina va Buyuk Britaniya dron ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona tashkil qildi

Raybird turkumidagi razvedka dronlari Britaniyada ishlab chiqariladi va Ukraina hamda NATO armiyalariga yetkazib beriladi.
16:51 / 03.07.2025
Toshkentda 3 mln AQSh dollari miqdorida kredit olib bermoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi

Toshkentda 3 mln AQSh dollari miqdorida kredit olib bermoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bil…
09:23 / 02.07.2025
“Maktab – texnikum (litsey) – universitet” tamoyili asosida kadrlarni tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi

“Maktab – texnikum (litsey) – universitet” tamoyili asosida kadrlarni tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi

Qarorga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yilidan tegishli ta’lim dasturlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulot va laboratoriya ishlarining kam…
10:49 / 02.07.2025
O‘zbekiston kubogi chorak finali uchun qur’a tashlandi

O‘zbekiston kubogi chorak finali uchun qur’a tashlandi

Markaziy o‘yin Jizzaxda kechadigan bo‘ldi
20:43 / 03.07.2025
Ozarbayjon Rossiyada fuqarolarining vafot etishi yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atdi

Ozarbayjon Rossiyada fuqarolarining vafot etishi yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atdi

Bu haqda Ozarbayjon Bosh prokuraturasi matbuot xizmatiga tayanib, Qafqazinfo xabar berdi.
16:51 / 01.07.2025
Mirziyoyev Ozarbayjonga jo‘nab ketdi

Mirziyoyev Ozarbayjonga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston yetakchisi Xonkendi shahrida o‘tkaziladigan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammitida ham ishtirok…
11:19 / 02.07.2025
Shomurodovning yangi jamoasi ma'lum

Shomurodovning yangi jamoasi ma'lum

Futbolchi Turkiya chempionatidagi grand klub safiga o'tadi
23:16 / 03.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!