$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Bolalar uchun qanday mevalar tavsiya etiladi?

22:11 / 31.05.2022

Kichik yoshdagi bolalarga qanday mevalar berish tavsiya etiladi? Mevalar tarkibida vitaminlar, minerallar va boshqa oziq moddalar mavjud bo‘lib, bu bolalar rasionining ajralmas qismi bo‘lishiga asosiy sabab hisoblanadi. 

Farzandingizga meva berishni qachon boshlashingiz kerak? 

Birinchi marta chaqaloq olti oylikdan boshlab mevalarni ta’tib ko‘rishi mumkin. Faqat farzandingizning holatini nazorat qilgan holda yarim choy qoshiq meva pyuresi bilan boshlashingiz kerak. Agar bola reaksiyasi barqaror bo‘lsa, unda pyure miqdorini asta-sekin oshirish mumkin. 

Bir komponentli meva pyurelari bolalar uchun mos keladi yoki xohishingizga ko‘ra o‘zingiz yangi mevalardan pyure tayyorlashingiz mumkin. Birinchi marta iste’mol qilishga yashil olma yoki sariq nokni tanlaganingiz ma’qul. Sitrus va qizil mevalardan qochish kerak.

Bola yetti oylik bo‘lganidan so‘ng danakli mevalarga murojaat qilishingiz mumkin. Masalan, o‘rik, shaftoli, olxo‘ri. Lekin ularni ham maydalab berish tavsiya etiladi. Bundan tashqari bolakay bananni ham yoqtirishi mumkin, shunday ekan uni ham sinab ko‘rish yaxshi foyda beradi. 

To‘qqiz oylikdan boshlab bolalar gilos va qulupnayni bajonidil iste’mol qiladi. Bu davrda farzandingizga ananas yoki kivi kabi ekzotik mevalarni berishingiz mumkin. 

Sitrus mevalari esa faqat 11-12 oylikdan boshlab berilishi tavsiya etiladi. 

Kichkintoy uchun qaysi mevalar eng foydali? Quyidagi mevalar bola uchun foydaliroq bo‘ladi: 

1. Olma. Bu meva B va C vitaminlariga boy bo‘lib, tarkibida mineral va oziq moddalar mavjud. Olma organizmdan toksik moddalarni chiqarib tashlashga yordam beradi, oshqozon faoliyatini va ishtahani yaxshilaydi. Olma po‘stlog‘ida ko‘plab foydali moddalar mavjud, shuning uchun bolaning tishlari chiqishi bilanoq, mevani po‘stlog‘i bilan birga berish tavsiya etiladi. 

2. Limon. Nordon ta’mi tufayli limonni bolaning rasioniga kiritish qiyin, ammo unda juda ko‘p miqdorda C vitamini mavjud bo‘lib, shamollashga qarshi yaxshi vosita hisoblanadi. Limon tufayli bola mavsumiy shamollash va epidemiyalarga qarshi yaxshi kurashadi.

3. Banan. Ular bir yoshgacha bo‘lgan bolalarning rasioniga qat’iy kiritilgan. Banan temir, magniy va kaliyga boy. Asab tizimining ishini samarali qo‘llab-quvvatlaydi hamda endorfin ishlab chiqarishga hissa qo‘shadi. Agar bola ortiqcha vaznga moyil bo‘lsa, banan miqdori cheklanishi kerak.

4. Apelsin. Immunitet tizimini mustahkamlashga yordam beradi, vitamin yetishmasligida ozuqa moddalarini to‘ldiradi va infeksiyalarga qarshi samarali kurashadi. Apelsin iste’moli paytida bolaning holatini kuzatish juda muhim hisoblanadi, chunki bolalarda sitrus mevalariga allergiya ko‘p kuzatiladi. 

5. Nok. Nokda ko‘p miqdorda B vitamini, askorbin kislotasi, kalsiy, natriy va temir mavjud. Shuningdek, u oshqozon yaxshi ishlashiga xizmat qiluvchi moddalarni o‘z ichiga oladi. Nokni pishirib, kompot yoki shirinliklarga qo‘shish orqali bolaga berish mumkin.  

6. Ananas. Ananas tarkibida juda ko‘p askorbin kislotasi mavjud. Agar bola ortiqcha vazndan aziyat cheksa, unda shirinliklar o‘rnini ananas bilan almashtirish mumkin. Chunki u yog‘larni faol ravishda parchalaydi va ovqat hazm qilishini yaxshilaydi. Lekin konservalangan ananasdan voz kechganingiz ma’qul, sababi uning takibida shakar ko‘p, biroq vitaminlar kam. 

7. Mandarin. Minerallar va aminokislotalarga boy meva hisoblanadi. Ular yurak-qon tomir va asab tizimi faoliyatini yaxshilaydi, bolakayni energiya bilan ta’minlaydi, uni diqqatli va e’tiborli bo‘lishiga yordam beradi.

8. O‘rik. Bu meva pektin va fosforning eng katta manbai. O‘rik hujayralar yangilanishini tezlashtirishga yordam beradi, oshqozon osti bezini barqarorlashtiradi va immunitetni oshiradi. Bundan tashqari o‘rik tarkibidagi ozuqaviy moddalar bolaning ovqat hazm qilish tizimini yaxshilaydi. Ammo haddan ziyod ko‘p o‘rik iste’mol qilish diareyaga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun me’yor darajasi bilish muhim.

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, mevalar bolaning kundalik rasioniga kiritilishi muhim sanaladi, chunki ular ko‘plab vitaminlar va ozuqaviy moddalarni o‘z ichiga oladi. Biroq, ularning barchasini bolaning yoshiga qarab berish tavsiya etiladi. Bundan tashqari, mevalarning rang-barangligi ham bolaning ishtahasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va ovqatga bo‘lgan qiziqishini oshiradi. Shunday ekan, farzandingizni baquvvat va sog‘lom bo‘lishini istasangiz uning kunlik rasionini mevalar bilan boyiting.
 


Foydali


														
														OpenAI sun’iy intellekt modellaridagi xavfli xatti-harakatlarni ma’lum qildi

OpenAI sun’iy intellekt modellaridagi xavfli xatti-harakatlarni ma’lum qildi

OpenAI sun’iy intellekt modellarini sinovdan o‘tkazish jarayonida bir qator kutilmagan xatti-harakatlar kuzatilganini ma’lum…
10:10 / 18.09.2026

														
														Oltin narxi keskin pasaydi

Oltin narxi keskin pasaydi

“Bu 2013-yildan buyon kuzatilgan eng katta bir kunlik pasayishdir”, deb ma’lumot bermoqda RBK nashri.
12:58 / 22.10.2025

														
														Prezident: “Bolalar va majburiy mehnatga barham berish — bizning qat’iy irodamiz natijasi”

Prezident: “Bolalar va majburiy mehnatga barham berish — bizning qat’iy irodamiz natijasi”

O‘zbekistonning bolalar mehnati va majburiy mehnatga barham berish bo‘yicha ilg‘or tajribasi Xalqaro mehnat tashkiloti tomon…
12:04 / 17.10.2025

														
														Yangilangan Chevrolet Cobalt ishlab chiqarilishi boshlandi

Yangilangan Chevrolet Cobalt ishlab chiqarilishi boshlandi

UzAuto Motors AJ yangilangan Chevrolet Cobalt modifikatsiyalarini ommaviy ishlab chiqarishni boshladi.
16:55 / 15.10.2025

														
														Jizzaxda sudya yordamchisi pora bilan ushlandi

Jizzaxda sudya yordamchisi pora bilan ushlandi

Tergov harakatlari olib borilmoqda.
08:22 / 28.09.2025

														
														iOS 26 da aqlli quvvat tejash rejimi o‘zgardi

iOS 26 da aqlli quvvat tejash rejimi o‘zgardi

Rejim har doim emas, tizim ortiqcha sarfni sezganda ishga tushadi.
15:16 / 19.09.2025

														
														Qozog‘istonda sodir bo‘lgan portlashda 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Qozog‘istonda sodir bo‘lgan portlashda 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Shu yilning 11-sentyabr kuni Qozog‘istonning Olmaota viloyatida metall qabul qilish shoxobchasida sodir bo‘lgan portlash oqi…
16:58 / 13.09.2025

														
														Telegram navbatdagi yangilanishlarni taqdim etdi

Telegram navbatdagi yangilanishlarni taqdim etdi

Profilga musiqa qo‘shish, birlamchi profil sahifasini tanlash va boshqa imkoniyatlar paydo bo‘ldi
21:55 / 01.09.2025

														
														2025-yilning o‘tgan davrida startaplarga 264 mln dollar xorijiy sarmoya kiritildi

2025-yilning o‘tgan davrida startaplarga 264 mln dollar xorijiy sarmoya kiritildi

Bugungi kunda O‘zbekistonda 600 dan ziyod startaplar faoliyat yuritmoqda. Sakkiz yil ilgari ularning soni barmoq bilan sanar…
14:51 / 20.08.2025

														
														Chiqindilar muammosi – aholi anglamayotgan xavf

Chiqindilar muammosi – aholi anglamayotgan xavf

Har kuni uyimizdan chiqqanimizda, ko‘chada chiqindilarga ko‘zimiz tushadi. Ular ba’zan chiqindi qutilarida to‘planib, ba’zan…
17:18 / 11.08.2025

Bu ham qiziq

Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonning turli hududlarida aholiga ajratilgan suyultirilgan gazni tijoriy narxda sotiş maqsadida noqonuniy saqlaş bila…
14:16 / 13.11.2026
Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026
Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Afğonistonning Mozori Şarif şahriga taşri…
15:30 / 13.11.2026
Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyaning Melburn şahrida joylaşgan 48 qavatli ofis binosining taşqi devorlari va tomiga 1 391 ta quyoş paneli örnatild…
10:32 / 14.11.2026
Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026
Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026
Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026
Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh…
09:51 / 14.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:59 / 13.11.2026
Olti kişini Umraga yuborişni va’da qilib, 6 900 dollar talab qilgan şaxslar uşlandi

Olti kişini Umraga yuborişni va’da qilib, 6 900 dollar talab qilgan şaxslar uşlandi

Farğona va Andijon viloyatlarida fuqarolarni noqonuniy ravişda Umra ziyoratiga yuborişni va’da qilib, ulardan jami 6 900 AQŞ…
10:12 / 12.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!