Hali topshirilganiga uncha ko‘p vaqt bo‘lmagan yangi metro relslarining olib tashlanayotgani tasvirlari tarmoqlarda paydo bo‘ldi. Bu tasvirlar jamoatchilik o‘rtasida turli e’tirozlar sabab bo‘lmoqda.
“Yap-yangi metro liniyasini bir yildayoq boshqatdan buzib tashlayveradimi?”, “Nega biz bundaymiz?”, “Hali uncha ko‘p vaqt bo‘lmagan relslar nega almashtirilmoqda?” kabi savollar paydo bo‘lgan.
“Toshkent metropoliteni” DUK matbuot xizmati rahbari To‘ychi Mirzayevning ma’lum qilishicha, “...bu ishlarning mutlaqo buzib qaytadan qurishga aloqasi yo‘q. Bu — metro liniyalarini texnik jihatdan to‘liq tekshirish, kichik kamchiliklarni bartaraf etish va xalqaro standartlarga muvofiq profilaktik xizmat ko‘rsatishdir”.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!