Turli Telegram kanallarida xodimlar bugun, 30-dekabr kuni ishdan kamida 1 soat oldin ketish huquqiga ega ekanligi haqidagi xabarlar tarqaldi.
“Ammo bu noto‘g‘ri!” – deya yozgan Xushnudbek Xudoyberdiyev.
Uning tushuntirishicha, Mehnat kodeksining 121-moddasiga binoan, faqat bayram (ishlanmaydigan) kunlari arafasida kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi:
“Ertaga esa 31-dekabr. Bu sana rasman hech qanday bayram kuni emas.
31 dekabr – shanba 5 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun odatdagi dam olish kuni bo‘lsa, 6 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun Prezidentning o‘tgan yilgi farmoni asosida dam olish kunidir. Lekin bayram kuni emas.
Agar ertaga 1-yanvar, bugun esa 31-dekabr bo‘lganda edi, ana unda 1 soat vaqtli ketishimiz mumkin bo‘lar edi”.
Shu sabab bugun hafatsiga 6 kun ishlaydigan xodimlar to‘liq ish vaqti asosida faoliyat yuritadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!