Islandiyaning Reykyavik shahrida "World Fischer Random Chess Championship 2022" musobaqasi davom etmoqda.
Mukofot jamg‘armasi 400 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu turnirda yosh grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattorov yurtimiz sharafini himoya qilmoqda. Guruhda eng ko‘p ochko bilan 1/2 finalga yo‘l olgan Nodirbek V kvartetida ikkinchi o‘rinni egallagan amerikalik Xikaru Nakamuraga yutqazib qo‘ygandi.
Ikkinchi yarim final juftligida esa amaldagi jahon toji sohibi, norvegiyalik Magnus Karlsen kutilmaganda turnirda FIDE bayrog‘i ostida o‘ynayotgan rossiyalik Yan Nepomnyashiyga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Bugun Nakamura va Nepomnyashiy Fischer Random yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionligi uchun dona suradi. Abdusattorov va Karlsen esa o‘zaro uchrashuvda 3-o‘rin sohibini aniqlab berishadi. Turnir g‘olibi 150 000, 2-o‘rin egasi 85 000, 3-o‘rin sohibi 55 000, 4-o‘rin bilan kifoyalangan shaxmatchi 40 000 AQSH dollari bilan taqdirlanadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!