Ijtimoiy tarmoqlarda Turkiyalik mashhur fud-bloger Burak O‘zdemir og‘ir jinoyatda gumon qilinayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Unga ko‘ra, Burakni hatto besh yillik qamoq jazosi kutmoqda.
Gap shundaki, u Istanbulning madaniy va tabiiy merosini yo‘q qilishga harakat qilgan. Blogerga berilgan bayonotda aytilishicha, u otasi bilan birga mamlakat qonunlariga qaramay, Istanbulning tumanlaridan birida imorat qurishga qaror qilgan.
Mashhurning otasi birinchi uchrashuvda ular faqat ta’mirlash ishlarini olib borishayotganini aytdi. Qayd etilishicha, oshpaz va uning otasi aybdor deb topilsa, ular ikki yildan besh yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!