The New York Times Buxoroni 2025-yilda tashrif buyurishga arziydigan 52 ta shaharlar qatoriga kiritdi. Nashr Buyuk ipak yo‘lidagi muhim nuqta bo‘lgan ushbu qadimiy shaharga e’tibor qaratishga chorlamoqda.
Shuningdek, 2025-yilning kuzida Buxoroda birinchi marotaba zamonaviy san’atni o‘zida namoyon etadigan Buxoro biyennalesi bo‘lib o‘tishi qayd etilgan. 5-sentyabrdan 20-noyabrgacha bo‘lib o‘tadigan tadbirda jahonning mashhur rassomlari, jumladan, britaniyalik haykaltarosh Entoni Gormli va boshqa taniqli ustalarning asarlari namoyish etiladi.
Nashrning ta’kidlashicha, ushbu namoyishga kirish bepul.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!