Joriy yilning 25-may kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali Buxoro shahridagi 19-umumtaʼlim maktabida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri vaqtida bo‘lgan voqea yuzasidan videoyozuvlar tarqaldi.
Mazkur holatga aniqlik kiritish maqsadida viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi masʼullari tomonidan dastlabki o‘rganish ishlari olib borilgan.
O‘rganishlar jarayonida maktabning 11-sinfida tahsil olayotgan o‘quvchi shu kuni o‘tkazilgan tadbir davomida unga faxriy yorliq berilmaganligidan norozi bo‘lib, jahl ustida maktab direktorining ustiga suv sepib yuborganligi aniqlandi.
Holat bo‘yicha o‘quvchining ota-onasi bilan farzandi xatti-harakatlari yuzasidan IIB tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Viloyat XTB mazkur holat yuzasidan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumot berilishini va tegishli qonuniy choralar ko‘rilishini maʼlum qildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!