Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida bir nechta mansabdor shaxslarning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.
Aniqlanishicha, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Andijon viloyati ҳududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi tadbirkorga sud qarorini uning foydasiga hal qilib berish evaziga 15 ming AQSH dollari talab qilgan. U pulni uchinchi shaxs orqali olayotgan vaqtda ushlandi.
Yana bir holatda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Andijon hududiy filiali muhandisi tadbirkorning sholi quritish sexida aniqlangan elektrdan noqonuniy foydalanish holati bo‘yicha hisoblangan 650 million so‘mlik zararni kamaytirib berish evaziga 15 ming dollar so‘ragan. U 10 ming dollar olayotganida qo‘lga olingan.
Shuningdek, tumanlardan birining Kadastr bo‘limi boshlig‘i fuqaroga uy-joy va dehqon xo‘jaligi учун yer ajratib berish evaziga 3 ming dollar olgani aniqlangan. Mansabdor shaxs yer ajratilgani haqida soxta hujjat ham rasmiylashtirib bergan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!