Erondan 41 nafar O‘zbekiston fuqarosi Turkmaniston orqali tranzit yo‘li bilan vatanga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonning Ashxobod va Tehrondagi diplomatik vakolatxonalari Turkmanistonning tegishli idoralari bilan hamkorlikda viza hamda transport-logistika masalalarini tezkor hal qilgan. Fuqarolar Saraxs–Seraxs va Gaudan–Bajgiran chegara punktlarida kutib olinib, diplomatik xodimlar kuzatuvida xavfsiz tarzda mamlakatga yetkazilgan.vakolatxonalar hech bir fuqaro yordamsiz qolmasligini ta’kidlab, vatandoshlarni qaytarish ishlari davom etishini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, mart oyida ham O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Erondan Turkmaniston orqali qaytayotgan fuqarolarga yordam ko‘rsatilayotganini ma’lum qilgan edi. O‘shanda chegara punktlari faoliyati tiklanib, 13 nafar fuqaro vatanga qaytarilgandi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!