$
12964.43 UZS
-30.16
158.28 UZS
0.6
14744.45 UZS
-17.4
20° Kechasi 10°

Donetsk va Luganskda Rossiyaga “qo‘shilish” bo‘yicha zudlik bilan referendum o‘tkaziladi

09:45 / 21.09.2022

O‘z mustaqilligini e’lon qilgan Donetsk va Lugansk Xalq Respublikalarida Rossiyaga “qo‘shilish” bo‘yicha zudlik bilan referendum o‘tkazilishi kutilmoqda. Bu haqda “Meduza” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, bunday taklif bilan 19 sentyabr kuni ikki viloyat jamoat palatalari DXR va LXR rahbarlari Denis Pushilin hamda Leonid Pasechnikka murojaat qilgan. DXR va LXR rahbarlari bunday referendumlarni 2022 yilning mart oyida o‘tkazish rejalarini o‘zaro muhokama qiladi.

DXR rahbari Denis Pushilin LXR rahbariga referendumlarga birgalikda tayyorgarlik ko‘rishni taklif qildi. Pushilin o‘zining Telegram kanalida Leonid Pasechnik bilan suhbati aks etgan videoni joylashtirdi. Yozuvda DXR rahbari “ba’zi harakatlarni sinxronlashtirish” va o‘z-o‘zini mustaqil, deb e’lon qilgan respublikalar hokimiyati sa’y-harakatlarini birlashtirishni taklif qilgan.

Xerson viloyatining ishg‘ol ma’muriyati ham imkon qadar tezroq Rossiya bilan “qo‘shilish” bo‘yicha referendum o‘tkazishni istayotganini bildirdi. Bu haqda Xerson viloyatining Rossiya nazoratidagi ma’muriyati rahbari o‘rinbosari Kirill Stremousov bayonot berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bosib olingan hududlarda “Rossiya ketishidan qo‘rqqan” va “o‘zlarini tashlab ketmasligiga ishonch hosil qilishni istaydigan” aholi referendum o‘tkazishni so‘ramoqda.

Rossiya Federasiyasi Davlat Dumasi LXRda referendum 2022 yilning kuzida o‘tkazilishiga ruxsat berdi. Bu haqda Davlat Dumasi deputati Viktor Vodolaskiy ma’lum qildi. Deputatning so‘zlariga ko‘ra, LXRning saylov tizimi referendumga 100 foiz tayyor (u DXRda referendum o‘tkazish masalasiga izoh bermagan). DXR va LXR jamoat palatalarida ovoz berish sanasi hozircha e’lon qilinmadi. Shu bilan birga, DXR palatasiga ovoz berish bir necha kunga cho‘zilishi mumkinligi aytildi.

Ukraina hukumati Donetsk va Lugansk ham Qrim kabi Ukraina hududi hisoblanadi, deb javob berdi. Bu haqda Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak ma’lum qildi.

“Rossiya propagandistlari “referendum”ni davo sifatida sevib qolishdi. Ularga yomon xabarim bor. Global konsensus va xalqaro huquq mavjud. Bu aniq: Donetsk, Lugansk, Qrim bu Ukrainadir. Bayroqlarni qayta bo‘yashga urinishlar uydirma bo‘lib, biz uchun ham, hamkorlar uchun ham hech narsani o‘zgartira olmaydi”, – dedi u.

Sentyabr boshida Kremlga yaqin manbalar Rossiya rahbariyati Ukrainaning Donetsk, Lugansk, Zaporojye, Xarkov va Xerson viloyatlari bosib olingan hududlarini “anneksiya qilish” bo‘yicha referendumga tayyorgarlikni to‘xtatganini ma’lum qilgandi. Rasmiylar bu qadamga Ukraina qo‘shinlarining sentyabr oyi boshida muvaffaqiyatli qarshi hujumini sabab sifatida ko‘rsatgan.



														
														Abxaziya Respublikasi “svet”siz qoldi

Abxaziya Respublikasi “svet”siz qoldi

“19-aprel kuni tan olinmagan Abxaziya Respublikasi hududining barcha qismida elektr energiyasi ta’minoti to‘xtatildi. Gruziy…
15:52 / 19.04.2025

														
														Kongoda kema yonib ketishi oqibatida 150 ga yaqin kishi halok bo‘ldi

Kongoda kema yonib ketishi oqibatida 150 ga yaqin kishi halok bo‘ldi

Agentlikning qayd etishicha, eski yog‘och kemalar qishloqlar o‘rtasida asosiy transport vositasi hisoblanadi va ko‘pincha be…
12:27 / 19.04.2025

														
														Rossiya migrantlardan olingan rus tili imtihonlarida 30 mln dollar ishlab oldi

Rossiya migrantlardan olingan rus tili imtihonlarida 30 mln dollar ishlab oldi

“Mehnat migrantlarining rus tilidan imtihon topshirishi Rossiya budjetiga qo‘shimcha 2,5 mlrd rubl (30,4 million dollar) oli…
11:13 / 19.04.2025

														
														Savdo urushi fonida oltin narxi rekord darajaga yetdi

Savdo urushi fonida oltin narxi rekord darajaga yetdi

Oltin narxi yangi yuqori darajaga ko‘tarildi, chunki investorlar AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushi oqibatlaridan xavoti…
10:35 / 19.04.2025

														
														AQSh Qrimni Rossiyaga tegishli deb tan olishga tayyor

AQSh Qrimni Rossiyaga tegishli deb tan olishga tayyor

Tramp ma’muriyati tinchlik kelishuviga erishish evaziga bunga rozi bo‘lmoqda.
09:40 / 19.04.2025

														
														Turkiyadagi giyohvandlikka qarshi operatsiyada 520 dan ortiq gumonlanuvchilar qo‘lga olindi

Turkiyadagi giyohvandlikka qarshi operatsiyada 520 dan ortiq gumonlanuvchilar qo‘lga olindi

Operatsiya natijasida 525 gumonlanuvchi hibsga olingan.
12:31 / 18.04.2025

														
														Finlyandiyada mahalliy politsiya ish tashlash e’lon qildi

Finlyandiyada mahalliy politsiya ish tashlash e’lon qildi

Finlyandiya politsiyasi qariyb 50 yil ichida birinchi marta ish tashlash e’lon qildi. Ikki kunlik aksiya mamlakatning janubi…
20:32 / 17.04.2025

														
														Rossiyada “Tolibon” harakatini taqiqlash to‘xtatildi

Rossiyada “Tolibon” harakatini taqiqlash to‘xtatildi

Oliy sud Rossiyada “Tolibon” harakati faoliyatini taqiqlashni to‘xtatdi. Bu haqda Ria Novosti nashri xabar berdi.
20:21 / 17.04.2025

														
														Italiya prezidentiga yurak stimulyatori o‘rnatildi

Italiya prezidentiga yurak stimulyatori o‘rnatildi

Italiya prezidenti Serjio Mattarella kardiostimulyatorni o‘rnatish uchun operatsiya qilindi. Jarrohlik muntazam ravishda ama…
20:04 / 17.04.2025

														
														Bugun Parijda AQSh va Ukraina rasmiylari uchrashuv o‘tkazadi

Bugun Parijda AQSh va Ukraina rasmiylari uchrashuv o‘tkazadi

Bu haqda Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak ma’lum qildi.
12:53 / 17.04.2025

Bu ham qiziq

Farg‘onada erkak ko‘rgan tushi sabab ayolini o‘ldirdi

Farg‘onada erkak ko‘rgan tushi sabab ayolini o‘ldirdi

Farg‘ona viloyatida erkak tushida ayolining o‘ziga nisbatan xiyonat qilganini ko‘rib, uxlab yotgan xotinini o‘ldirdi.
10:26 / 20.04.2025
Rossiya migrantlardan olingan rus tili imtihonlarida 30 mln dollar ishlab oldi

Rossiya migrantlardan olingan rus tili imtihonlarida 30 mln dollar ishlab oldi

“Mehnat migrantlarining rus tilidan imtihon topshirishi Rossiya budjetiga qo‘shimcha 2,5 mlrd rubl (30,4 million dollar) oli…
11:13 / 19.04.2025
Savdo urushi fonida oltin narxi rekord darajaga yetdi

Savdo urushi fonida oltin narxi rekord darajaga yetdi

Oltin narxi yangi yuqori darajaga ko‘tarildi, chunki investorlar AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushi oqibatlaridan xavoti…
10:35 / 19.04.2025
“Manchester Siti” “Everton”ni mag‘lub qildi, Husanov bu safar ham zaxirada qoldi

“Manchester Siti” “Everton”ni mag‘lub qildi, Husanov bu safar ham zaxirada qoldi

APLning 33-turidan o‘rin olgan “Everton: - “Manchester Siti” bellashuvi bo‘lib o‘tdi.
21:11 / 19.04.2025
Jizzaxda homilador ayol kaltaklangani yuzasidan munosabat bildirildi

Jizzaxda homilador ayol kaltaklangani yuzasidan munosabat bildirildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax shahrida bir homilador ayol kaltaklangani aks etgan videotasvirlar tarqaldi.
21:23 / 19.04.2025
Kongoda kema yonib ketishi oqibatida 150 ga yaqin kishi halok bo‘ldi

Kongoda kema yonib ketishi oqibatida 150 ga yaqin kishi halok bo‘ldi

Agentlikning qayd etishicha, eski yog‘och kemalar qishloqlar o‘rtasida asosiy transport vositasi hisoblanadi va ko‘pincha be…
12:27 / 19.04.2025
A Seriya. “Roma”da g‘alaba, Shomurodov yana eng yaxshisi

A Seriya. “Roma”da g‘alaba, Shomurodov yana eng yaxshisi

Kecha, 19-aprel kuni bo‘lib o‘tgan A Seriya 33-tur uchrashuvida “Roma” o‘z maydonida “Verona”ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.
09:52 / 20.04.2025
O‘zbekiston SpaceX yordamida sun’iy yo‘ldosh uchirishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston SpaceX yordamida sun’iy yo‘ldosh uchirishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi bilan birgalikda sun’iy yo‘ldoshni uchirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu h…
19:17 / 18.04.2025
Abxaziya Respublikasi “svet”siz qoldi

Abxaziya Respublikasi “svet”siz qoldi

“19-aprel kuni tan olinmagan Abxaziya Respublikasi hududining barcha qismida elektr energiyasi ta’minoti to‘xtatildi. Gruziy…
15:52 / 19.04.2025
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri O‘zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasining raisligiga saylandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri O‘zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasining raisligiga saylandi

Kecha, 18-aprel kuni Sport vazirligi majlislar zalida o‘tkazilgan navbatdan tashqari konferensiyada O‘zbekiston talabalar sp…
08:54 / 19.04.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!