Polshalik model Karolina Belyavskaya “Dunyo goʻzali” xalqaro tanlovi gʻolibasi deb topildi. Bu haqida tanlovning rasmiy saytida maʼlum qilingan.
Tanlov ishtirokchilarini taqdirlash marosimi Puerto-Rikoning San-Xuan shahrida oʻtkazildi. Gʻolibaga goʻzallik tojini “Dunyo goʻzali – 2019” tanlovi gʻolibasi, yamaykalik Toni Enn Singx topshirdi.
Karolina boshqaruv yoʻnalishida magistr darajasini olgan. Shuningdek u model sifatida ham faoliyat olib boradi, sport bilan doimiy ravishda shugʻullanadi.
Xalqaro tanlovda turli mamlakatlardan kelgan 97 nafar qiz ishtirok etgan, ular orasida Iroq va Somalidan kelgan ishtirokchilar ham bor. Ushbu mamlakat vakilalari “Dunyo goʻzali” tanlovida birinchi bor qatnashganlar. Final bosqichigacha 40 nafar qiz yetib kelgan.
Tanlovda Rossiya vakilasi ishtirok etmadi. 2020-2021-yillarda “Dunyo goʻzali” va “Koinot goʻzali” xalqaro tanlovlariga chiqish imkonini beruvchi “Rossiya goʻzali” tanlovi pandemiya tufayli oʻtkazilmagan.
“Rossiya goʻzali – 2019” gʻolibasi Alina Sanko esa shu yilning oʻzidayoq “Dunyo goʻzali” nomi uchun kurashgani tufayli bu yilgi tanlovda ishtirok eta olmagan.
Tanlovdagi ikkinchi oʻrinni AQSh vakilasi Shri Sayni, uchinchi oʻrinni esa Kot DʼIvuar vakilasi Oliviya Yyase qoʻlga kiritgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!