$
12725.16 UZS
32.74
158.65 UZS
0.21
14507.95 UZS
-3.29
35° Kechasi 21°

Dunyodagi eng yirik uyali aloqa operatorlaridan biri O‘zbekistonga kirib kelmoqda

09:35 / 21.08.2024

Dunyodagi eng yirik uyali aloqa operatorlaridan biri Britaniyaning Vodafone kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga kirishni rejalashtirmoqda.

Bu haqda 20-avgust kuni Nukusda prezident bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda UzTex Group to‘qimachilik kompaniyasi ta’sischisi, InfinBank asosiy aksiyadori va boshqa tadbirkorlik subyektlari egasi Farhod Mamajonov ma’lum qildi.

“Biz yangi sohada loyiha boshladik. Siz kechagi yig‘ilishda raqamlashtirish haqida gapirdingiz. Yashin tezligida ishlash uchun bizga yashin tezligidagi internet kerak. Siz xorijiy brendni jalb qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdingiz. Biz dunyodagi nufuzli kompaniyalardan biri Britaniyaning Vodafone kompaniyasi bilan birgalikda O‘zbekistonda 5G Standalone mobil aloqasini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ishlarni boshladik”, — dedi u.

“Hamkor Britaniyaning Vodafone brendi bo‘ladi. Biz Perfectum kompaniyasini xususiylashtirdik. Buni bank ichida o‘rganib chiqdik, xususiy tadbirkorlarga quyi bo‘g‘inda yetib borish uchun internet kerak. Buning uchun Uzcard kompaniyasi bilan hamkorlikda birgalikda inqilobiy rejaga kirishdik – Vodafone kompaniyasi tashkil etiladi. Xudo xohlasa, yangi yilda ishga tushadi”, – deydi tadbirkor.

Vodafone Group Plc qirq yillik tarixga ega va 30 mamlakatda 434 million foydalanuvchi (dunyoda China Mobile’dan keyin ikkinchi ko‘rsatkich) bo‘lgan dunyodagi eng yirik telekommunikatsiya kompaniyalari guruhlaridan biri hisoblanadi. Yana 50 ta davlatda Vodafone to‘liq nazoratga ega bo‘lmagan tarmoqning hamkori hisoblanadi. U ovozli, xabar almashish, ma’lumotlar va statsionar aloqa kabi keng ko‘lamli xizmatlarni taqdim etadi. Shuningdek, kompaniya Freedom Telecom bilan hamkorlikda Qozog‘iston bozoriga chiqishni rejalashtirgan.

Ta’kidlanishicha, investitsiyalar hajmi 250 million yevroni tashkil etadi. Loyiha 2025-yilning birinchi choragida boshlanishi va 1000 ta ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda.

“Ushbu texnologiyalar kelyapti va o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. Mazkur loyihani amalga oshirish uchun “O‘zsanoatqurilishbank” orqali Finlandiya eksport agentligidan 100 million yevro sarmoya jalb qildik. Biz, ta’sischilar, o‘zimiz 150 million yevro yo‘naltiryapmiz. Shu paytgacha xorijiy va davlat (mobil) kompaniyalari bo‘lgan, hozir esa milliy uyali aloqa operatorini yaratmoqdamiz”, — dedi u.


Boshqalar


														
														Bitkoin narxi 116 ming dollardan oshib, tarixiy rekord o‘rnatdi

Bitkoin narxi 116 ming dollardan oshib, tarixiy rekord o‘rnatdi

Savdo natijalariga ko‘ra, kriptovalyuta kursi 4,5 foizga oshdi. Bir kun avval ham bitkoin narxi 113 ming dollardan oshib, re…
12:21 / 11.07.2025

														
														Chexiyada elektr ta’minotining katta uzilishi ro‘y berdi

Chexiyada elektr ta’minotining katta uzilishi ro‘y berdi

Mamlakatda jamoat transporti deyarli ishlamay qoldi
19:22 / 04.07.2025

														
														Qirg‘izistonlik amaldor ayollarni 10 nafargacha farzand ko‘rishga chaqirdi

Qirg‘izistonlik amaldor ayollarni 10 nafargacha farzand ko‘rishga chaqirdi

Kaktus media nashrining xabar berishicha, Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev ayollar…
16:50 / 05.11.2024

														
														Qozog‘iston chegarasida o‘zbekistonlik haydovchi kaltaklandi

Qozog‘iston chegarasida o‘zbekistonlik haydovchi kaltaklandi

Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
09:29 / 05.11.2024

														
														Rossiya O‘zbekistonga gaz yetkazib berish hajmini oshirdi

Rossiya O‘zbekistonga gaz yetkazib berish hajmini oshirdi

Bu haqda Rossiya TIV matbuot kotibi Mariya Zaxarova xabar berdi.
09:42 / 03.11.2024

														
														Tojikistonda bir yarim ming folbin qo‘lga olindi

Tojikistonda bir yarim ming folbin qo‘lga olindi

Bu haqda mamlakat prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
15:32 / 02.11.2024

														
														Rossiyada 200 dan ortiq muhojir ushlandi

Rossiyada 200 dan ortiq muhojir ushlandi

Ular orasida O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari bor.
13:58 / 30.10.2024

														
														Dunyoning eng kuchli armiyalari reytingidan O‘zbekiston ham joy oldi

Dunyoning eng kuchli armiyalari reytingidan O‘zbekiston ham joy oldi

U.S.News and World Report dunyoning eng kuchli armiyalari reytingini tuzdi.
10:31 / 28.10.2024

														
														Rossiyada migrantlar yotoqxonasi yoqib yuborildi

Rossiyada migrantlar yotoqxonasi yoqib yuborildi

Bu haqda Lenta.ru xabar berdi.
13:46 / 23.10.2024

														
														Rossiyalik jurnalist Toshkentdagi mehmonxonada oʻlik holda topildi

Rossiyalik jurnalist Toshkentdagi mehmonxonada oʻlik holda topildi

Dastlabki taxminlarga ko‘ra, marhumlar ventilyatsiya tizimiga kirib qolgan gazdan zaharlangan.
17:30 / 22.10.2024

Bu ham qiziq

Suriya Ozarbayjondan gaz olishni boshladi

Suriya Ozarbayjondan gaz olishni boshladi

Yillik gaz yetkazib berish hajmi 1,2 milliard kub metr gazni tashkil qilishi bildirildi.
16:32 / 02.08.2025
G‘azoda so‘nggi 24 soat ichida yana olti kishi ochlikdan vafot etdi

G‘azoda so‘nggi 24 soat ichida yana olti kishi ochlikdan vafot etdi

Mahalliy va xalqaro doiralar Isroil “ochlik va tashnalikdan qurol sifatida” foydalanayotganini aytadi.
15:26 / 03.08.2025
Voyaga yetmaganlar yengil jinoyat uchun endi sudlanmagan hisoblanadi

Voyaga yetmaganlar yengil jinoyat uchun endi sudlanmagan hisoblanadi

Senatning navbatdagi majlisida qaror loyihasi ko‘rib chiqildi
18:12 / 02.08.2025
“Real Madrid” hujumchisi yozda jamoasini o‘zgartirishi mumkin

“Real Madrid” hujumchisi yozda jamoasini o‘zgartirishi mumkin

Bunday qaror bosh murabbiy Xabi Alonsodan chiqqan deb hisoblanmoqda
16:38 / 02.08.2025
Toshkent va Farg‘onada noqonuniy diniy ta’lim aniqlandi

Toshkent va Farg‘onada noqonuniy diniy ta’lim aniqlandi

Hozirda, mazkur shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilayotgani ma’lum qilingan.
11:00 / 03.08.2025
Interpol qidiruvida bo‘lgan fuqarolar O‘zbekistonga olib kelindi

Interpol qidiruvida bo‘lgan fuqarolar O‘zbekistonga olib kelindi

“Endi ular jinoiy javobgarlikka tortilib, sud oldida javob beradilar”, – deyiladi xabarda.
11:37 / 03.08.2025
3-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

3-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 20-22 daraja iliq, kunduzi 33-35 daraja issiq bo‘ladi
21:26 / 02.08.2025
Armaniston va AQSh birgalikda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi

Armaniston va AQSh birgalikda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi

Bu haqda tegishli kelishuv imzolandi
21:22 / 02.08.2025
O‘zbekistonliklar joriy yilda eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qilgan?

O‘zbekistonliklar joriy yilda eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qilgan?

Bu borada qo‘shni davlatlarga sayohat qilish yuqori o‘rinlarda bormoqda
21:17 / 03.08.2025
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ladi

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ladi

Tashrif davomida Avaza siyosiy deklaratsiyasi va harakatlar dasturining qabul qilinishi ko‘zda tutilgan
19:48 / 03.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!