O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Nasiba Madrahimova vafot etdi
Taniqli raqqosa, baletmeyster, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Nasiba Madrahimova 23 iyul kuni 80 yoshida vafot etdi. Bu haqda jurnalist Nasriddin Asriddinov ma’lum qildi.
Nasiba Madrahimova o‘zbek milliy raqs san’atining yetuk namoyandalaridan biri bo‘lib, Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Bahor” xalq raqs ansamblining yetakchi raqqosalaridan biri sifatida 20 yildan ortiq faoliyat yuritgan.
U shuningdek, 30 yildan ziyod vaqt davomida O‘zbek xoreografiya maktabida pedagog sifatida ishlab, ko‘plab shogirdlarga milliy raqs san’ati sirlarini o‘rgatgan.
Nasiba Madrahimova 1981 yilda san’at sohasidagi xizmatlari uchun “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” faxriy unvoni bilan taqdirlangan. Shuningdek, u “Shuhrat” ordeni sohibi edi.
San’atkor turli yillarda xorijiy davlatlarda gastrol safarlarida ishtirok etib, o‘zbek milliy raqs san’atini xalqaro maydonda munosib targ‘ib qilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!