Toshkentning Mirobod tumanidagi Shahrisabz ko‘chasida BRT (tezkor avtobus tizimi) yo‘lagini qurish ishlari boshlanadi.
24-iyul soat 01:00 dan 9-avgust soat 23:00 gacha Shahrisabz–Mirobod–Shota Rustaveli aylanma chorrahasidan Amir Temur shoh ko‘chasi bilan kesishmagacha bo‘lgan hududda qurilish-ta’mirlash ishlari olib boriladi.
Mazkur davrda yo‘l to‘liq yopilmaydi. Ishlar markaziy to‘rtta harakatlanish tasmasida amalga oshiriladi, transport harakati esa har ikki yo‘nalishda yo‘lning chekkasidagi ikkita tasma orqali davom ettiriladi.
Haydovchilarga ushbu hududda ehtiyotkorlik bilan harakatlanish va yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirish tavsiya etildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!