Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I Bishkekda bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishi doirasida Belarus tashqi ishlar vaziri Maksim Rijenkov va O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Uchrashuvlarda Van I xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish muhimligini ta’kidladi.
Belarus bilan muloqotda Xitoy tomoni Minskka Pekinning asosiy milliy manfaatlariga doir masalalarda ko‘rsatib kelayotgan qat’iy qo‘llab-quvvatlovi uchun minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash va qo‘shma taraqqiyot bankini tashkil etish bo‘yicha tayyorgarlik ishlarini jadallashtirishga chaqirdi.
Tomonlar 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi maslahatlashuvlar rejasini ham imzoladi.
O‘zbekiston bilan uchrashuvda esa Van I Baxtiyor Saidov bilan Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temir yo‘li loyihasini jadallashtirish masalasini muhokama qildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!