“Sud tizimi xodimlari har kuni insonlar dardi, fojiaviy taqdirlar va murakkab hayotiy vaziyatlarga duch keladilar. Sudyalar inson taqdirini hal qiluvchi qarorlar qabul qiladilar va bu bilan yuksak ma’naviy mas’uliyatni o‘z zimmalariga oladilar.
Sud qarorlarining adolatli bo‘lishi odil sudlovga xizmat qilayotganlarning jismoniy, ruhiy va emotsional holatiga bevosita bog‘liqdir. Shu bois, adolatli, mustaqil va samarali odil sudlovning zarur shartlaridan biri sudyalar va sud tizimi xodimlari haqida g‘amxo‘rlik qilishdir.
Yangi O‘zbekistonda inson qadri va qonun ustuvorligi oliy qadriyat hisoblangan sud tizimini izchil barpo etmoqdamiz.
Barcha sudyalar va sud tizimi xodimlariga mustahkam sog‘liq, iroda va qat’iyat, adolat prinsiplariga doimo sodiqlik va oqilona qarorlar hamroh bo‘lishini tilayman” – deydi Saida Mirziyoyeva.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!