Energetika vazirligi matbuot xizmati suyultirilgan gazni o‘g‘irlash holatlari haqida xabar berdi.
Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanida “Ko‘kdalatumangaz” kompaniyasi xodimlari gaz yetkazib berish o‘rniga barcha gaz ballonlarni aholilardan birining uyiga tushirayotgan paytida qo‘lga olindi. Shuningdek, uyda yana 8 ta bo‘sh gaz ballonlar topilgan.
Xuddi shunday holat Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida ham sodir bo‘lgan. Bodomzor ko‘chasidagi uyda 35 ta to‘ldirilgan va 48 ta bo‘sh gaz ballonlari topilgan. Jami 1380 kg suyultirilgan gaz o‘g‘irlangan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!