$
12199.71 UZS
-19.37
146.09 UZS
0.12
14328.56 UZS
-50.85
31° Kechasi 18°

Shavkat Mirziyoyev AQShda o‘zbekistonliklar bilan uchrashdi

08:37 / 25.09.2025

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQShga amaliy tashrifi davomida an’anaga ko‘ra, ushbu mamlakatda mehnat va istiqomat qilayotgan o‘zbekistonliklar, shuningdek, AQShning nufuzli universitetlarida tahsil olayotgan “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlari bilan uchrashdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Samimiy suhbat davomida Yangi O‘zbekistondagi islohotlarni amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar, xususan, ularni faol ilgari surishda o‘zbekistonliklar va ularni birlashtiruvchi tashkilotlarning ishtiroki muhokama qilingan.

Uchrashuvda muvaffaqiyatli tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan fuqaro va yoshlar o‘rtasida muloqot maydonini yaratishga qaratilgan “Vatandoshlarning xalqaro biznes marafoni”ga start berilgan.

Ishtirokchilar O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ilmiy va ta’lim aloqalarini kengaytirish va mustahkamlash, milliy iqtisodiyotning ustuvor sohalariga AQShning ilg‘or texnologiyalarini joriy etish, tibbiyot, transport va logistika sohalarida innovatsiyalarni ilgari surish, mamlakatda marketpleyslarni rivojlantirish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirgan.

Davlat rahbari yig‘ilganlarga O‘zbekiston taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi uchun minnatdorlik bildirib, aytilgan barcha taklif va tashabbuslar mamlakat vazirlik va idoralari tomonidan puxta o‘rganib chiqilishi, eng istiqbollilari esa amaliyotga tatbiq etilishini ta’kidlagan.

O‘zbekiston Prezidenti AQShda “El-yurt umidi” stipendiatlari soni 500 nafardan oshganiga alohida e’tibor qaratgan. Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va tajribasini mamlakatda qo‘llash uchun imkoniyat yaratish davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligi ta’kidlagan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev talabalarga o‘qishda va kelgusidagi kasbiy faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilab, yoshlarning tashabbuslariga doimo ochiqligi va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini ta’kidlagan.

O‘z navbatida, uchrashuv ishtirokchilari O‘zbekiston yetakchisiga xorijdagi vatandoshlar va yoshlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar uchun minnatdorlik bildirib, O‘zbekiston ravnaqiga yanada ko‘proq hissa qo‘shishga tayyorligini bildirgan.


O‘zbekiston


														
														Farg‘onada qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi mutaxassisi pora bilan ushlandi

Farg‘onada qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi mutaxassisi pora bilan ushlandi

U fuqarodan qurilishi yakunlanmagan binoni tanishlari orqali rasmiylashtirib berish evaziga 5 ming dollar talab qilib, shund…
16:56 / 25.09.2025

														
														26-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

26-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

26-sentyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechasi qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kundu…
15:20 / 25.09.2025

														
														Farg‘onada gaz ta’minoti mansabdori 10 ming dollar pora bilan ushlandi

Farg‘onada gaz ta’minoti mansabdori 10 ming dollar pora bilan ushlandi

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot cho…
15:04 / 25.09.2025

														
														Chilonzordagi xonadonlardan birida yong‘in kelib chiqdi

Chilonzordagi xonadonlardan birida yong‘in kelib chiqdi

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar to‘g‘risida xabar berilmagan.
14:25 / 25.09.2025

														
														6 mlrd so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi dorilar kontrabandasiga chek qo‘yildi

6 mlrd so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi dorilar kontrabandasiga chek qo‘yildi

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 246-moddasi 1-qismi va 251-1-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, do…
12:53 / 25.09.2025

														
														Namanganda 15 mlrd so‘mlik sifatsiz dorilar savdosi to‘xtatildi

Namanganda 15 mlrd so‘mlik sifatsiz dorilar savdosi to‘xtatildi

O‘zbekistonga noqonuniy yo‘llar bilan olib kelingan va sifati kafolatlanmagan dori vositalarining savdosiga chek qo‘yish maq…
11:34 / 25.09.2025

														
														Ziroat Mirziyoyeva Nyu-Yorkda JSST va “Zamin” fondi hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda ishtirok etdi

Ziroat Mirziyoyeva Nyu-Yorkda JSST va “Zamin” fondi hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda ishtirok etdi

Ishtirokchilar adolatli, integratsiyalashgan va mahalliy resurslarga asoslangan sog‘liqni saqlash tizimlarini rivojlantirish…
10:14 / 25.09.2025

														
														Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekiston hududida ham sezildi

Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekiston hududida ham sezildi

Bu haqda Respublika Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
08:43 / 25.09.2025

Bu ham qiziq

Mirziyoyev Nyu Yorkda Janubiy Koreya, Iordaniya va Albaniya yetakchilari bilan uchrashdi

Mirziyoyev Nyu Yorkda Janubiy Koreya, Iordaniya va Albaniya yetakchilari bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-sentyabr kuni Nyu York shahrida BMT Bosh Assambleyasining sessiyas…
09:34 / 24.09.2025
Tramp: “NATO havo hududiga kirgan Rossiya dronlari va samolyotlarini urib tushirish kerak”

Tramp: “NATO havo hududiga kirgan Rossiya dronlari va samolyotlarini urib tushirish kerak”

Bu savol unga BMT Bosh Assambleyasi doirasida Zelenskiy bilan uchrashuvi oldidan jurnalistlar tomonidan berilgan.
16:48 / 24.09.2025
Chilonzordagi xonadonlardan birida yong‘in kelib chiqdi

Chilonzordagi xonadonlardan birida yong‘in kelib chiqdi

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar to‘g‘risida xabar berilmagan.
14:25 / 25.09.2025
Tayvanda “Ragasa” tayfuni oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi

Tayvanda “Ragasa” tayfuni oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi

Mutaxassislari prognozlariga ko‘ra, tayfun yaqin kunlarda g‘arbga tomon harakat qilib, Vyetnam va Kambodjagacha yetib boradi.
15:49 / 24.09.2025
“Tramp Nobel tinchlik mukofotiga munosib” – Mirziyoyev

“Tramp Nobel tinchlik mukofotiga munosib” – Mirziyoyev

Shuningdek, Mirziyoyev Trampni O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif qildi.
14:35 / 24.09.2025
Farg‘onada gaz ta’minoti mansabdori 10 ming dollar pora bilan ushlandi

Farg‘onada gaz ta’minoti mansabdori 10 ming dollar pora bilan ushlandi

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot cho…
15:04 / 25.09.2025
Italiya Falastinni tan olish uchun shart qo‘ydi

Italiya Falastinni tan olish uchun shart qo‘ydi

Italiya Falastinni davlat sifatida tan olish uchun ikkita shart qo‘ydi. Mamlakat bosh vaziri Jorja Meloni tegishli BMT Bosh …
16:50 / 24.09.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekiston hududida ham sezildi

Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekiston hududida ham sezildi

Bu haqda Respublika Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
08:43 / 25.09.2025
Toshkent aeroportida “uddaburon” erkak to‘xtatib qolindi

Toshkent aeroportida “uddaburon” erkak to‘xtatib qolindi

U 27,0 gramm og‘irlikdagi zargarlik buyumlari, 6 dona iPhone 16 Pro Max, 4 dona changyutgich tovarlari hamda 347 dona flesh …
16:44 / 24.09.2025
Piskent va Bo‘ka tumanlarida bog‘cha tarbiyalanuvchilari zaharlandi

Piskent va Bo‘ka tumanlarida bog‘cha tarbiyalanuvchilari zaharlandi

Hozirda bemorlardan olingan tahlillar va oziq-ovqat namunalari laboratoriyada tekshirilmoqda. Rasmiy xulosalar chiqqach, qo‘…
10:08 / 25.09.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!