2022-yil 8-sentabr kuni Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II 96 yoshida vafot etdi. Yelizaveta II hukmronligi Britaniya tarixidagi eng uzoq davom etgan boshqaruv davri edi. Uning rahbarligi davomida Buyuk Britaniyada 15 nafar bosh vazir, AQShda esa 13 nafar prezident almashdi. Yelizaveta saltanati ostida Buyuk Britaniya mutlaq monarxiya maqomini yo‘qotdi. Yevropa Ittifoqi tarkibiga kirdi va chiqdi.
Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II hukmronligining turli yillarida, 1966 va 2006 y.
Qirolicha mamlakatda qabul qilinadigan qarorlarga bevosita ta’sir o‘tkaza olmasa ham, 70 yil davomida mamlakatni boshqarib, ko‘p qiyinchilik va sinovlarni yengib o‘tdi. Yillar davomida qirollik oilasini larzaga solgan ko‘plab janjallarga qaramay, qirolicha oxirgi kungacha monarxiya obro‘sini saqlab qoldi va davlatning yagona shubhasiz hokimiyati hamda ramzi bo‘ldi.
Britaniya imperiyasining qirolichasi hayotidagi asosiy voqealar bilan tanishing.
Chaqaloq Yelizavetta 1926-yil may oyida. Surat: Speaight/Hulton arxivi/Getty Images.
Yelizaveta Aleksandra Marya Vindsor 1926-yil 21-aprelda bo‘lajak Britaniya qiroli Jorj VI oilasida tug‘ilgan. Unga onasi, buvisi va buvisining buvisi sharafiga Yelizaveta Aleksandra Marya ismini qo‘yishdi. Oila a’zolari esa uni “Lilibet” deb atashdi. U Londonning Mayfairdagi qarorgohida tug‘ilgan. Bu uy hozirda mavjud emas. Uning o‘rnida Xitoy restorani qurilgan va ushbu maskanga yodgorlik lavhasi o‘rnatilgan.
Yelizaveta II bolaligida. Surat: www. globallookpress.com
Yelizaveta taxtga vorislik bo‘yicha amakisi va otasidan keyingi uchinchi nomzod edi, shuning uchun taxtni egallash umidi juda xayoliy tuyulardi.
Malika Yelizaveta va malika Margaret onasi Qirolicha Yelizaveta I bilan 1930-yil.Surat: Getty Images.
Malika Yelizaveta va uning singlisi 1930-yilda tug‘ilgan Margaret yakka tartibda o‘qishgan. O‘qish jarayonida asosiy e'tibor tarix, ingliz tili, adabiyot va musiqaga qaratilgan. Shuningdek, u fransuz tilini ham bilgan.
Suratda Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta I oʻzidan oldingi qirolicha Tek qirolichasi Mariya va qizlari malikalar Yelizaveta va Margaret bilan 1937-yilda.
Malika bobosiyu-buvisining sevimli nabirasi edi va oilada “Angliya bobosi” deb atalgan qirol Jorj V dan qo‘rqmaydigan kam sonli kishilardan biri bo‘lgan. Yelizaveta ota-onasi, bo‘lajak qirol Jorj VI va uning rafiqasi Yelizaveta Bouz-Lyon bilan birga o‘zining ilk yillarini Pikadillidagi uyda o‘tkazgan. Unda 25 ta yotoq xonasi, lift va bal zali bor edi. Oila qasrda yashamagan, chunki uning a’zolari taxtga birinchi da’vogarlar qatoriga kirmagan.
Taxtga ko‘tarilish
Malika Yelizaveta va Margaret ota-onalari qirol Jorj VI va Qirolicha Yelizaveta I bilan birga toj kiyish kuni, 1937-yil, 12-may. Surat: Popperfoto, Getty Images.
Qizning kelajagi 1936-yil 11-dekabrda, bor-yo‘g‘i 325 kun hukmronlik qilgan Edvard VIII o‘zining sevgilisi amerikalik Uollis Simpson bilan xayrlashishni istamay, taxtdan voz kechgan kuni o‘zgardi. Ya’ni, 1936-yilda Yelizavetaning bobosi qirol Jorj V vafot etganida, uning katta o‘g‘li (Yelizavetaning amakisi) Edvard VIII qirol bo‘ldi. Biroq, Edvard AQSh fuqarosi bo‘lgan, ikki marta turmushidan ajrashgan Uollis Simpsonni sevib qolganidan so‘ng toj va uning sevgisi o‘rtasida tanlov qilishga majbur bo‘lgan. Yakunda esa Edvard Simpsonni tanladi va o‘z tojidan voz kechdi.
Buyuk Britaniya qiroli Jorj VI (markazda) rafiqasi qirolicha Yelizaveta I (o‘ngda markazda), qizlari - malika Yelizaveta (o‘rtada oldingi planda) va Margaret va qirollik oilasining boshqa a'zolari toj kiyishdan keyin, London, 1937-yil 15-may. Surat: Getty Images.
Bu voqea Yelizavetaning hayotini o‘zgartirib, uni Britaniya tojining merosxo‘riga aylantirdi. Uning otasi 1937-yilda o‘z otasi bilan davomiylikni saqlash uchun Jorj ismini oldi va qirol Jorj VI nomi bilan akasi rad etgan taxtga ega bo‘ldi. Uning onasi esa qirolicha Yelizaveta I nomiga erishdi.
Qizaloq Yelizaveta ulg‘aya boshladi
Malika Yelizaveta va malika Margaret onasi Qirolicha Yelizaveta I bilan 1941-yil Vindzor qal'asida. Surat: Getty Images.
Ikkinchi jahon urushi paytida, 1940-yil 13-oktabrda 14 yoshli Yelizaveta birinchi marta radioga chiqish qildi. U Buyuk Britaniya bolalariga murojaat qilib, ularni ota-onalariga yordam berishga va qiyin paytlarda chidamli bo‘lishga chaqirdi.
Malika Yelizaveta va Malika Margaret 1942-yil iyun oyida Frogmor uyida qizlar uchun qo‘llanma formalarida. Surat: Markaziy maatbuot, Getty Images.
Yelizaveta va singlisi Margaret Ikkinchi jahon urushining ko‘p qismini ota-onasidan alohida, London tashqarisidagi Vindzor nomli o‘rta asr qal’asidagi qirollik lojasida o‘tkazdilar.
Qirollik oilasining qurolli kuchlar tarkibiga kirgan yagona ayol a’zosi
1942-yilda qirol Yelizavetani Qirollik armiyasining 500-gvardiyasi polkiga faxriy polkovnik etib tayinladi. Ikki yil o‘tgach esa otasi Jorj VI unga Maxfiy Kengash va Davlat Kengashi a’zosi maqomini berdi. Bu unga mamlakatdan tashqarida bo‘lganida otasining nomidan harakat qilish imkonini taqdim etdi.
1945-yilda malika Yelizaveta harbiy yuk mashinasi haydovchisi va mexaniki sifatida bir necha oylik harbiy va mehnat xizmatini o‘tagan hamda haydovchilik imtihonidan o‘tib, kichik komandir faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Yelizaveta ofitser kiyimida va Ikkinchi Jahon urushi paytida yordamchi hududiy xizmat birinchi tibbiy yordam mashinasi yonida turibdi. Surat: Keystone/Getty Images.
Bir necha oy davomida otasidan ruxsat olishga uringan 18 yoshli malika Ikkinchi Jahon urushi vaqtida ayollarning yordamchi hududiy xizmatiga qo‘shildi.
Qirolicha Yelizaveta Tez yordam mashinasida 1945-yil aprel oyida yordamchi hududiy xizmatda urush payitida xizmat qilgan. Surat: Getty Images.
U yerda yosh malika Ikkinchi subaltern Yelizaveta Vindsor sifatida tanilgan. U bir juft kombinezon kiygan va Londonda mexanik hamda harbiy yuk mashinasi haydovchisi sifatida o‘qigan. Qirolicha qirollik oilasining qurolli kuchlar tarkibiga kirgan yagona ayol a’zosi va Ikkinchi jahon urushida qatnashgan yagona tirik davlat rahbari edi.
Malikaning shahzoda Filipp bilan tanishuvi
Britaniya Qirollik oilasi 1947-yil iyul oyida malika Yelizaveta va Filipp Mountbattening unashtirilganini nishonlash uchun Bukingem saroyidagi davlat kvartiralarida. Surat: Popperfoto, Getty Images.
1947-yilda qirollik oilasi Janubiy Afrika va Rodeziyaga rasmiy tashrifdan qaytganidan ko‘p o‘tmay, Yelizaveta o‘z amakivachchasi (ikkalasi ham qirolicha Viktoriya va shahzoda Albertning evaralari edi) Gretsiya shahzodasi va leytenant Filipp bilan unashtirilganligini e’lon qildi. Birinchi marotaba Qirollik dengiz flotida atigi 13 yoshda bo‘lgan malika Yelizaveta 18 yoshli Filipp bilan yuzma-yuz uchrashib, ko‘zlari-ko‘zlariga tushgan. Ularning munosabatlari urush paytida tashriflar va yozishmalar orqali rivojlangan. Filipp Ikkinchi jahon urushida Britaniya dengiz flotida jangovar ofitser sifatida qatnashgan.
Kelin ko‘ylak olish uchun kupon yig‘ishga majbur bo‘lgan Yelizaveta
Malika Yelizaveta va Edinburg Gertsogi shahzoda Filipp, Bukingem saroyida to‘y kuni 1947-yil, 20-noyabr. Surat: Popperfoto, Getty Images.
Ikkinchi jahon urushidan keyin paydo bo‘lgan ratsion qoidalari malikaga ham tegishli edi. Yelizaveta kelin ko‘ylagini sotib olish uchun to‘lovni kuponlar yordamida amalga oshirishi kerak edi. Shuning uchun malika kupon yig‘a boshlagan. Aholi vakillari ko‘maklashish maqsadida unga ko‘plab kuponlar sovg‘a qilishgan. Ammo, qirollik oilasi qoidalariga ko‘ra ularning barchasi egalariga qaytarib berilgan.
Surat: Keystone-Fransiya/Gamma-Rafo/Getty Images.
Garchi qirollik davrasidagi ko‘pchilik Filippni puli yo‘qligi va yana boshqa omillar tufayli Yelizaveta bilan aloqasini o‘yin sifatida ko‘rishgan bo‘lsa-da Yelizaveta Filippni sevib qolgan edi. Malika Filipp bilan 1947-yil 20-noyabrda Vestminster abbatligida turmush qurdi.
Surat: Popperfoto/Getty Images.
Qirolicha Yelizaveta otasi qirol Jorj VI hamrohligida Irlandiya shtati Vestminster abbatligiga olib ketildi. U qirollik oilasining mazkur abbatligda turmushga chiqqan 10-a’zosi edi.
Bukingem saroyi tashqarisida olomonni ushlab turish uchun ko‘plab politsiyachilar tinmay ishlashdi. Taxminlarga ko‘ra, to‘y kuni ertalab 2 million odam ko‘chalarni to‘ldirgan. Surat: Hulton arxivi/Getty Images.
Marosimga 2000 nafar mehmon taklif qilindi, ko‘plab tomoshabinlar malika va uning otasining o‘tishini tomosha qilish uchun ko‘chalarni to‘ldirishdi. To‘y 1947-yil 20-noyabrda ertalab soat 10:30 da boshlandi.
Shahzoda Filipp va Yelizaveta II to‘ylaridan bir qancha vaqt keyin. Surat: www.globallookpress.com / KEYSTONE.
Yangi oilada farzandlar dunyoga keldi
Malika Yelizaveta eri shahzoda Filipp bilan. Edinburg gertsogi va ularning farzandlari shahzoda Charlz va Malika Anna 1951-yil avgust oyida. Surat: Popperfoto, Getty Images.
Yelizaveta va Filippning to‘rt farzandi bor. To‘ng‘ich o‘g‘il shahzoda Charlz va ularning yagona qizi malika Anna toj kiyishdan oldin tug‘ilgan.Shahzoda Filipp va Yelizaveta II bolalari bilan 1960-yil. Surat: AP.
10 yillik tanaffusdan so‘ng ular shahzoda Endryuni keyin esa 1964-yilda kenja shahzoda Eduardni dunyoga keltirdilar.
Tojni kiyish
Qirollik oilasi tarixiy kunda suratga tushmoqda, markazda shahzoda Charlz va malika Anna. Surat: Jon Chillinworth.
Yelizaveta 1952-yil 6-fevralda 25 yoshida, otasi uzoq davom etgan kasallikdan vafot etganidan so‘ng taxtga o‘tirdi. U davlatning birinchi raqamli shaxsi va Britaniya qurolli kuchlarining oliy qo‘mondoni bo‘ldi, shuningdek, Anglikan cherkovining boshqaruvi uning qo‘liga o‘tdi.
Yelizaveta II ning toj kiyishi. Surat: www. globallookpress.com / KEYSTONE Pictures.
Qirolichaning iltimosiga ko‘ra, shahzoda Filipp toj kiyish komissiyasining raisi bo‘ldi. Surat: Jon Chillinworth.
Toj kiyish marosimi 1953-yil 2-iyunda bo‘lib o‘tdi, marosim birinchi marta televideniya orqali namoyish etildi – uni 27 million kishi tomosha qildi. Qolgan 10 milliondan oshiq odam esa radio orqali eshitdi. Yelizaveta II Britaniya tarixida eng uzoq hukmronlik qilgan monarx bo‘ldi va buvisi Viktoriyaning rekordini yangiladi.
U erining familiyasini olmagan
Yelizavetaning otasi Jorj VI Sakse-Koburg va Gota sulolasi vakili edi. Ammo, Birinchi jahon urushi paytida nemislarga qarshi kayfiyat tufayli familiya Vindzorga o‘zgartirilgan. Xuddi shunday, uning turmush o‘rtog‘i shahzoda Filipp otasining nemischa familiyasi - Shlezvig-Golshteyn-Sonderburg-Glyuksburgdan voz kechdi va onasi tomonidan bobosi hamda buvisining Mountbatten familiyasini qabul qildi.
Malika Yelizaveta, qirolicha onasi Yelizaveta I, qirol Jorj VI va o‘sha paytdagi Buyuk Britaniya bosh vaziri Uinston Cherchill G‘alaba kuni, 1945-yil 8-may. Surat: Getty Images.
Ammo, Yelizaveta taxtga o‘tirgach, uning onasi va Bosh vazir Uinston Cherchill qirolicha hamda uning farzandlari Mountbatten familiyasini olmasligi uchun qo‘llaridan kelganini qildilar. Bu borada ularning qo‘li baland keldi, lekin bir necha yil o‘tgach, Yelizaveta uning avlodlaridan ba’zilari Mountbatten-Vindsor familiyasini olib yurishlarini e’lon qildi. Qirolicha bu harakati bilan erini tinchlantirishga uringan deb taxmin qilinadi.
Yelizabeta bolalari shahzoda Charlz va malika Anna ser Uinston Cherchill bilan, 1953-yil 1-yanvar. Surat: Getty Images.
Ikkinchi jahon urushi yillarida mamlakatni boshqargan va 1951-yilda bosh vazir lavozimini qaytadan egallagan Uinston Cherchill hamda Yelizaveta II o‘rtasida iliq munosabatlar mavjud edi. Cherchill 1955-yilda nafaqaga chiqqach, qirolicha o‘zining birinchi bosh vazirini sog‘inishini aytib ta’sirli xat yozdi.
Yelizaveta II AQSh prezidenti Ronald Reygan va Buyuk Britaniya Bosh vaziri Margaret Tetcher bilan 1984-yilda. Surat: PA Images/Getty Images.
Qirolicha va Britaniya hukumatini 1979-yildan 1990-yilgacha boshqargan Margaret Tetcher o‘rtasidagi munosabatlar ancha murakkab edi.
Jurnalistlarning ta'kidlashicha, odatda tashqi siyosatga aralashmaslikka harakat qiladigan qirolicha Tetcher uzoq yillardan beri aparteid irqchilik siyosati olib borilgan Janubiy Afrikaga nisbatan sanksiyalar qo‘llashdan bosh tortgani uchun undan juda norozi bo‘lgan.
Shunga qaramay, 1995-yilda, Tetcher 70 yoshga to‘lganida Yelizaveta uni monarxning 24 ta eng sodiq fuqarolarini o‘z ichiga olgan Garterning eng oliy ordeni bilan mukofotladi. Bundan tashqari, qirolicha sobiq bosh vazirning yubileyiga shaxsan o‘zi tashrif buyurgan.
Qirolichaning sevimli mashg‘ulotlari va hayvonlari
Malika Yelizaveta o‘zining iti bilan qirollik oilasining Londondagi 145 Pikkadilli uyi hududida suratga tushmoqda. Surat: Popperfoto / Getty Images.
Yelizaveta II ning korgi zotli itlarga bo‘lgan mehri hozirgacha hammaga ma'lum. U 1933-yilda bu hayvonlarga o‘zgacha mehr qo‘ygan - qirolichaning otasida "Dookie" laqabli korgisi bor edi. U 1944-yilda 18 yoshga to‘lgan tug‘ilgan kuniga sovg‘a sifatida "Syuzan" laqabli itni qabul qilib oldi. Qirolicha o‘shandan beri Syuzinning avlodlariga egalik qilib kelgan.
Suratda Yelizaveta II onasi bilan 1956-yilda korgi yetaklab yurish paytida. Surat: AP, Gazeta.ru.
Malika uy hayvonlari bilan. Surat: PA Wire / TASS.
Qirolichaga tegishli bo‘lgan so‘ngi ko‘rgi o‘lganidan so‘ng Yelizaveta II ga yangi kuchukchalar taqdim qilindi. Ammo, ular Syuzin laqabli ko‘rgining avlodlari emas.
Suratda 13 yoshli malika 1939-yilda Vindzor Buyuk Parkida otda sayr qilgandan keyin. Surat: Getty Images.
Yelizaveta II ning sevimli mashg‘ulotlaridan yana biri ot sporti bo‘lgan. U bolaligidan boshlab poni minib sayr qilishni yoqtirar edi.
Surat: Stiv Parsons/AFP/Getty Images.
O‘tgan yillarda karantin paytida 94 yoshli qirolicha 14 yoshli Balmoral Fern laqabli uelslik ponini minib, Vindzor bog‘ida sayr qilayotganida suratga olingan.
Rossiyaga tashrif
Surat:Dmitriy Donskoy/RIA Novosti.
Yelizaveta II va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin qirollik aravasida. Rossiya davlati rahbari 2003-yilda Londonga rasmiy tashrif bilan kelgan. Surat: REUTERS.
Yelizaveta II 1917-yilgi inqilobdan keyin Rossiyaga tashrif buyurgan birinchi Britaniya monarxi bo‘ldi. Buyuk Britaniya qirolichasi Rossiyaning ikki prezidenti - Boris Yeltsin va Vladimir Putin bilan shaxsan muloqot qilgan.
Britaniya qirolichasi sharafiga Rossiya Prezidenti Boris Yeltsin tantanali ziyofat berdi. Ruslar birinchi marta Rossiyaning birinchi prezidentini protokolga rioya qilish uchun kiyishi kerak bo‘lgan smokingda ko‘rishdi. Surat: V. Shneerson / TASS.
1994-yil oktyabr oyida prezident Boris Yeltsinning taklifiga binoan Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II va uning turmush o‘rtog‘i shahzoda Filipp Rossiyaga tashrif buyurishdi – ular mamlakatda to‘rt kun bo‘lishdi. Bu Britaniya qirollik uyi rahbarining rus-ingliz munosabatlari tarixidagi birinchi tashrifi bo‘lgan.
Boris Yeltsin va Yelizaveta II Moskva Katta Teatrining markazida 1994-yil, oktyabr. Surat: EAST NEWS.
Qirolicha Buyuk Britaniyaning Moskva shahrida joylashgan elchixonasining yangi binosi qurilish maydonchasida yodgorlik toshini ochib berdi. Boris Yeltsin bilan birga Katta teatr va elita maktablaridan biriga tashrif buyurdi hamda Eski ingliz sudining ochilishida ishtirok etdi. Rossiyaga safarining so‘nggi ikki kunini Yelizaveta II va shahzoda Filipp Sankt-Peterburgda o‘tkazdilar - ular Mariinskiy teatri va Ermitajga borishdi, Pyotr va Pol qal’asiga ekskursiya qilishdi. Yelizaveta II va Edinburg gertsogi bilan hayrlashuv ziyofati Sankt-Peterburg portiga o‘rnatilgan yaxtada uyushtirildi.
Oilaviy janjallar
Charlz va Diananing to‘y kuni (ikkalasi chap tomonda balkonda; o‘ngda - qirolicha Yelizaveta II va shahzoda Filipp). 1981-yil 29-iyul. Surat: AP.
Qirolichaning qarindoshlari ko‘pincha Yelizaveta qurgan monarxiya qiyofasiga soya soladigan juda ko‘p muammolarni yaratdilar: shahzoda Charlzning Kamilla Shand bilan shov-shuvli ishqiy munosabati, keyin esa uning Diana Spenser bilan ajrashuvi va Diananing fojiali o‘limi shular jumlasidan edi.
Qirolicha Yelizaveta II va shahzoda Filipp Bukingem saroyida 1997-yilda dafn marosimi oldidan malika Dianaga hurmat bajo keltirishdi. Surat: Getty Images.
Malika Diananing o‘limi munosabati bilan, motam yuzasidan bayroqlar yarimigacha tushirilishi kerak edi. Ammo, qirolicha bunga izin bermadi. Aholi orasida xalqning mehriga sazovor bo‘lgan Dianaga nisbatan bunday ish tutgani uchun qirolichaga qarata noroziliklar paydo bo‘la boshlagach, Yelizavetaning o‘zi Londonga, dafn marosimiga keldi.
Malika Anna va uning birinchi to‘yi 1973-yil 14-noyabr. / Surat: Getty Images.
Aslida, 1992-yil Yelizaveta II uchun butun hukmronlik davridagi eng qiyin yillardan biri bo‘ldi. Monarxning o‘zi hukmronlikning 40 yilligi munosabati bilan qilgan chiqishida uni "dahshatli yil" deb atadi. Bu qirol oilasidagi ko‘plab janjallar, mamlakatda monarxiyaga qarshi kayfiyatning kuchayishi bilan bog‘liq edi. Qirollik oilasi bir necha oy ichida ikkita ajrimni boshdan kechirdi. Yelizavetaning qizi Anna kapitan Mark Fillips bilan ajrashdi.
Shahzoda Endryu (o‘rtada) qirolicha Yelizaveta II (o‘ngda) va rafiqasi Sara (chapda) bilan. Surat: Tim Graham foto kutubxonasi / Getty Images.
Shuningdek, janjal Yelizaveta II ning ikkinchi o‘g‘li shahzoda Endryu atrofida ham avj oldi. Qirolichaning kenja o‘g‘li shahzoda Endryu rafiqasi Sara bilan ajrashdi. Qolaversa, u jinsiy jinoyatlarda ayblangan moliyachi Jeffri Epshteyn bilan do‘stligi uchun tanqid ostiga olingan, keyinroq uning o‘zi zo‘rlash ishi bo‘yicha ayblanuvchiga aylangan. Malika o‘g‘lini barcha harbiy unvonlardan mahrum qildi va sudda u o‘zini oddiy shaxs sifatida himoya qilishga qaror qildi.
Qirollik oilasi 2018-yilda shahzoda Garri va Megan Marklning to‘yida. Surat: Aleksi Lubomirski / Reuters.
Qirolichaning nabirasi shahzoda Garri va uning rafiqasi Megan Marklning qirollik oilasini tark etishi shov-shuvli voqea bo‘ldi. 2018-yilning 19-may kuni Yelizaveta II nabirasi shahzoda Garri va amerikalik aktrisa Megan Marklning to‘yi bo‘lib o‘tdi. Ushbu juftlik bir qancha mojarolarni keltirib chiqardi.
2020-yil 1-aprelda shahzoda Garri va Megan Markl Britaniya qirollik oilasi aʼzolari maqomidan voz kechib Kaliforniyaga koʻchib oʻtishdi.
Megan, Sasseks gertsogi va qirolicha Yelizaveta II 2018-yil 14-iyun kuni Angliyaning Vidnes shahrida yangi Mersi Gateway ko‘prigini ochilish marosimida ishtirok etishdi | Manba: Getty Images.
Markl qirollik oilasining ba'zi a'zolari tomonidan irqchilik hujumlariga uchraganini da'vo qildi. Biroq, matbuotning ta'kidlashicha, Garri va Megan Qo‘shma Shtatlarga ketganidan keyin ham Yelizaveta II bilan iliq munosabatlarni saqlab qolishgan.
Donald Tramp bilan munosabatlar
Surat: Getty Images.
Yelizaveta II AQShning 45-prezidenti Donald Tramp bilan uch marta uchrashgan. Qirolicha Trampni 2018 va 2019-yillarda Bukingem saroyida mehmon qilgan (ikkinchi marta u butun oilasi, jumladan, qizi Ivanka va uning eri Jared Kushner bilan davlat tashrifida bo‘lgan). 2019-yil oxirida Tramp NATO sammiti uchun Londonga uchib ketdi – keyin qirolicha qarorgohida davlat rahbarlari uchun ziyofat ham tashkil etildi. Suratda qirolicha Yelizaveta II va AQSh prezidenti Donald Tramp 2018-yilda Vindzor qasridagi tadbir vaqtida.
Shahzoda Filippning o‘limi
Surat: Jonatan Bredi - WPA Pool/Getty Images.
Yelizaveta va shahzoda Filipp 2021-yil aprel oyida 99 yoshida vafot etguniga qadar 73 yil birga yashashdi.
2021-yil 9-aprelda, 100 yillik yubileyga ikki oy qolganda, qirolichaning eri Filipp vafot etdi. Edinburg shahzodasining ahvoli 2021-yil fevralida keskin yomonlashdi. U operatsiya qilindi, ammo bu o‘limni atigi bir oyga kechiktirdi xolos.
Ushbu suratda Qirolicha Yelizaveta II Edinburg gertsogi shahzoda Filippning Vindzor qasridagi Avliyo Jorj ibodatxonasida o‘tkazilgan dafn marosimi paytida. Koronavirus cheklovlari tufayli dafn marosimiga atigi 30 kishi taklif qilindi.
Qirolicha hammadan o‘zib ketdi
Buyuk Britaniya qirolichasi AQSh prezidenti Duayt Eyzenxauer bilan. Surat: Getty Images.
Yelizaveta taxtga o‘tirganida atigi 25 yoshda edi va u chet ellik nufuzli mehmonlar, prezidentlar hamda bosh vazirlar bilan uchrashuvlar vaqtida yosh boladek ko‘rinar edi. Qirolicha toj kiygan paytda hokimiyat tepasida turgan jahon yetakchilari orasida Uinston Cherchill, Iosif Stalin va Duayt Devid Eyzenxauerlar bor edi. Yosh qirolichani ular orasidan farqlab olish onson bo‘lmagan.
Qirolicha va shahzoda Filipp 1955-yil 4-aprelda Dauning-stritdagi 10-uyga Cherchil tomonidan tashkil qilingan kechki ovqatga tashrif buyurdi. Surat: Getty Images.
Ammo, taxtda 70 yildan ortiq o‘tirgan Yelizaveta ularning barchasidan ustun keldi va atrofidagi odamlar o‘zgarganda ham davomiylikning kuchli ramziga aylandi. U hayotining so‘ngi kunlarida o‘zidan avvalgi rahbarlar kabi kuchli shaxs edi. Yelizaveta II barcha davrlarning eng uzoq umr ko‘rgan Britaniya monarxi sifatida yashab o‘tdi.
Dafn Marosimi
Surat: Interfax.ru
Buyuk Britaniya hukumati dafn marosimi kunining oxirigacha milliy motam e'lon qildi.
Omma uchun yopiq bo‘lgan qirollik qarorgohlaridagi bayroqlar motam paytida yarim tushirilgan holda hilpirab turadi.
2022-yilning 10-sentabr kuni Yelizaveta II ning jasadi Edinburgdagi Xolirud saroyiga yetkaziladi va Shotlandiya xalqi marhum qirolicha bilan vidolashish uchun taxt xonasiga yig‘iladi.
Qirolichani so‘nggi manzilga kuzatish vaqtida qo‘rg‘oshin tobutdan foydalaniladi – bu Britaniya qirollik oilasining an’anasi. Bu jasadni uzoq vaqt davomida munosib holatda saqlash uchun amalga oshiriladi.
Dafn marosimi 18-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi. Vestminster saroyi tomoshabinlar uchun ertalab soat sakkiz yarimda yopiladi va bir soatdan keyin qirolichaning tobuti Vestminster abbatligiga yetkaziladi.
Muallif: Sardor To‘lanboyev.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!