“Bavariya” yozda Robert Levandovskini sotmoqchi emas.
Bu haqda Myunxen klubi prezidenti Gerbert Xayner malum qildi.
- “Bavariya”ning Levandovskini sotmaslik haqidagi qarori yakuniymi?
“- Robert Levandovski yildan-yilga aql bovar qilmaydigan sonli gollarni urmoqda. Nega biz uni sotishimiz kerak? Levandovskini almashtirib bo‘lmaydi - bunchalik ko‘p gol uradigan futbolchilar endi yo‘q.
Men buni allaqachon bir necha bor aytganman: uning 2023-yilning 30-iyuniga qadar shartnomasi bor va u oxirigacha ishlaydi”, dedi Xayner Tz nashriga.
“Bavariya” uchun mavsumning so‘nggi o‘yinidan so‘ng hujumchi klubini o‘zgartirmoqchi ekanligini aytdi. Unga asosiy da’vogar “Barselona”.
Ma’lumot o‘rnida, 33 yoshli hujumchi “Bavariya” uchun yakunlangan mavsumda klub uchun 46 o‘yinda 50 ta gol urdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!