$
12024.40 UZS
7.36
160.41 UZS
-0.22
13642.88 UZS
-69.76
31° Kechasi 18°

Germaniya, Yaponiya hamda Turkiya o‘zbekistonliklarga ish taklif qilmoqda

17:23 / 14.11.2025

Migratsiya agentligi bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘zbekistonliklarni xorijga ishga taklif qilmoqda. Xususan, haydovchilar uchun Germaniya va Yaponiyada, quruvchilar uchun Turkiya va Yaponiyada ishlash imkoniyati berilishi mumkin. Shuningdek, Germaniyadagi o‘zbek restorani ham ish o‘rinlari uchun tanlov ochgan.

Migratsiya agentligi va Germaniyaning SBH West GmbH tashkiloti avtobus va og‘ir yuk avtomobillari haydovchilarini ishga taklif qiladi.

300 ta ish o‘rni uchun haydovchilar oflayn suhbat asosida tanlab olinadi. Tanlovda BC, CE yoki D toifasidagi haydovchilik guvohnomasi, nemis tilidan A2 yoki B1 darajali xalqaro til sertifikati bor, sudlanmagan va jismonan sog‘lom bo‘lgan 21−44 yoshdagi erkak va ayollar qatnashishi mumkin.

Oylik maosh 2200 yevroga teng, ish jadvali haftasiga 5 kun 8 soatdan iborat. Shuningdek, tanlovdan o‘tganlar Germaniyaga ketishdan oldin kasbiy nazariy-amaliy tayyorgarlikdan o‘tkaziladi, ularga vizani rasmiylashtirib beriladi, aviachipta va aeroportdan ish joyigacha transfer taqdim etiladi. Germaniyada kasbiy qayta tayyorlovdan o‘tish imkoniyati ham bor.

Aniqlik kiritilishicha, tanlab olingan avtobus haydovchilari D toifasi uchun o‘qitiladi, muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar Germaniyaga jo‘nab ketish oldidan (viza jarayoni boshlanganda 1 oy) SBH West tashkiloti ko‘magida “Vatanparvar” markazida kasbiy qayta tayyorlovga qatnashadi va Germaniya standartlari asosida kasbiy nemis tili o‘qitiladi hamda avtobus simulyatorlarida amaliyot qiladi.

Murojaat uchun Migratsiya agentligining telefon raqami: 71−202−33−55 (qisqa raqam 1282)

Shuningdek, Germaniyaning NoVo Agency kompaniyasi Germaniyaning Manxeym hududida joylashgan o‘zbek restoraniga ishga taklif qilmoqda. 50 ta ish o‘rni uchun oflayn suhbat asosida tanlov o‘tkaziladi. Tanlovda kasbiy yoki oliy ma’lumotga hamda restoranda ish tajribasiga ega, nemis tilini kamida B darajada biladigan, rus tilida yaxshi so‘zlashuvchi, 20−30 yosh oralig‘idagi erkak va ayollar qatnashishi mumkin. Ular tibbiy ko‘rikdan o‘tgan bo‘lishi shart.

Oylik maosh 1500 yevro bo‘lib, ish vaqti haftasiga 5 kun 8 soatdan (smenali). Ishchilar bepul ovqatlanishi mumkin va ularga bonuslar ham beriladi.

Ishchilarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

- mijozlarga xizmat ko‘rsatish;

- buyurtmalarni qabul qilish va taom/ichimliklarni ulashish;

- stolni tayyorlash;

- kassada ishlash;

- tozalik va gigiyena qoidalariga rioya qilish.

Tanlovdan o‘tganlar uchun aeroportdan yashash joyigacha transfer, tibbiy sug‘urta va transport ish beruvchi tomonidan ta’minlanadi.

Shu bilan birga, vizani rasmiylashtirish, Germaniyaga uchish va u yerda yashash xarajatlari (350−400 yevro) nomzod hisobidan amalga oshiriladi. Ammo mehnat shartnomasi tuzilgandan so‘ng, Migratsiya agentligi viza va aviachipta xarajatlarining ma’lum qismini qoplab beradi.

Murojaat uchun Migratsiya agentligi telefon raqami: 71−202−33−55 (qisqa raqam 1282)

Bundan tashqari, Yaponiyaning Proud Partners kompaniyasi Yaponiyada haydovchilik va qurilish sohalarida bo‘sh ish o‘rinlarini taklif qiladi.

Nomzodlar Yaponiya kompaniyasi tomonidan tashkil qilinadigan 6−8 oylik bepul o‘quv kurslarida ishtirok etishi talab etiladi.

Yetkazib beruvchi haydovchilikka 250 ta, qurilish sohasiga 150 ta ish o‘rni uchun tanlov oflayn suhbat asosida 1−2-dekabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladi.

Haydovchilik uchun tanlovda B-C toifadagi haydovchilik guvohnomasi bor, 21−35 yosh oralig‘idagi, xavfsizlikka e’tiborli, intizomli haydovchilar qatnashishi mumkin.

Qurilish sohasi uchun esa 18−35 yosh oralig‘idagi, xavfsizlikka e’tiborli, intizomli nomzodlar talab etiladi.

Oylik maosh 1400 — 1600 dollarga teng bo‘lib, yiliga bir marta oshiriladi. Bundan tashqari, bonus ham ko‘zda tutilgan bo‘lib, ish unumdorligiga qarab yiliga 2 marta moddiy rag‘batlantirish beriladi. Ish haftada 5 kun, 8 soatdan.

Turar joy ish beruvchi tomonidan beriladi: xodim o‘z hisobidan oyiga 200 dollar to‘laydi, qolganini kompaniya qoplab beradi. Shuningdek, aviachipta xarajatlari qoplanadi, ishchi viza rasmiylashtiriladi, tibbiy va ijtimoiy sug‘urta bilan ta’minlanadi.

Ovqatlanish xarajatlari nomzod hisobidan to‘lanadi (oyiga taxminan 300 dollar).

Yapon yoki ingliz tilini bilganlarga ustunlik beriladi. Yapon tilini o‘rganish uchun Toshkent viloyati Angren shahrida bepul kurslar tashkil etiladi, yotoqxona taqdim etiladi.

Murojaat uchun Migratsiya agentligi telefon raqami: (+998) 71 202−33−55 ichki raqam 545

NAIMIX xususiy bandlik agentligi qurilish sohasida ishlovchilarni Turkiyaga ishga taklif qilmoqda.

450 ta ish o‘rni uchun nomzodlar ish beruvchi bilan yuzma-yuz suhbat asosida talab olinadi.

Oylik maosh 700 — 1200 dollar bo‘lib, ish vaqti haftada 5 kun 8 soatdan. Qo‘shimcha har bir soat uchun 3−4 dollardan haq to‘lanadi.

Nomzodlar 18−45 yosh oralig‘ida bo‘lishi, tajribaga ega bo‘lishi, jismonan sog‘lom, mehnatsevar va mas’uliyatli bo‘lishi talab etiladi.

Ish beruvchi tomonidan viza to‘lovi va aviachipta xarajatlari qoplanadi, yashash joyi, 3 mahal ovqat, ish kiyimi va transport xizmati taqdim etiladi.

Murojaat uchun telefon raqami: 71−205−05−00

Manzil: Toshkent shahar, Mirobod tumani, Istiqbol ko‘chasi, 36-uy.

O‘zbekiston

														Ishga kiritish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Ishga kiritish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Toshkent viloyati va Qashqadaryo viloyatida fuqarolarni ishga joylashtirish evaziga pul olgan shaxslar qo‘lga olindi.
15:52 / 25.06.2026

														Toshkentda ilk “sport” bekati paydo bo‘ldi

Toshkentda ilk “sport” bekati paydo bo‘ldi

Toshkent shahrining Sergeli tumanida joylashgan, 12 ta avtobus yo‘nalishi qatnovchi bekatda ilk bor sport maydonchasi tashki…
15:43 / 25.06.2026

														O‘zbekistonda aholisi eng kam va eng ko‘p hududlar ma’lum qilindi

O‘zbekistonda aholisi eng kam va eng ko‘p hududlar ma’lum qilindi

Milliy statistika qo‘mitasi O‘zbekistonda aholisi eng kam va eng ko‘p bo‘lgan hududlar bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qildi.
13:36 / 25.06.2026

														Uch viloyatda 5 kilogrammdan ortiq “gashish” va “marixuana” aniqlandi

Uch viloyatda 5 kilogrammdan ortiq “gashish” va “marixuana” aniqlandi

Qashqadaryo, Buxoro va Farg‘ona viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida katta miqdordagi giyohvandlik vositalari…
09:39 / 25.06.2026

														O‘zbekistonda elektromobillar soni 109,2 mingtaga yetdi

O‘zbekistonda elektromobillar soni 109,2 mingtaga yetdi

2026-yilning 1-aprel holatiga O‘zbekistonda 109,2 mingta elektromobil ro‘yxatga olingan.
17:20 / 24.06.2026

														25-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

25-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
16:40 / 24.06.2026

														Toshkentda qalbaki 10 ming AQSH dollarini sotgan shaxs ushlandi

Toshkentda qalbaki 10 ming AQSH dollarini sotgan shaxs ushlandi

Toshkent shahrida qalbaki xorijiy valyutani muomalaga kiritishga uringan shaxs qo‘lga olindi.
14:13 / 24.06.2026

														Soliq qo‘mitasi bank kartalaridagi yirik pul tushumlari bo‘yicha izoh berdi

Soliq qo‘mitasi bank kartalaridagi yirik pul tushumlari bo‘yicha izoh berdi

Soliq qo‘mitasi bank kartalariga kelib tushayotgan yirik mablag‘lar haqidagi ma’lumotlar yuzasidan jamoatchilik orasida payd…
14:06 / 24.06.2026

Bu ham qiziq

“Bilimli qiz nafaqat o‘z hayotini, balki oilasini, atrofidagi muhitni va butun mamlakat kelajagini o‘zgartirishga qodir”, – Saida Mirziyoyeva

“Bilimli qiz nafaqat o‘z hayotini, balki oilasini, atrofidagi muhitni va butun mamlakat kelajagini o‘zgartirishga qodir”, – Saida Mirziyoyeva

Bugungi kunda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida 1,5 milliondan ziyod talaba tahsil olmoqda. Quvonarlisi, ularning yarmi…
16:52 / 23.06.2026
Ishga kiritish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Ishga kiritish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Toshkent viloyati va Qashqadaryo viloyatida fuqarolarni ishga joylashtirish evaziga pul olgan shaxslar qo‘lga olindi.
15:52 / 25.06.2026
Ishga kiritish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Ishga kiritish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Toshkent viloyati va Qashqadaryo viloyatida fuqarolarni ishga joylashtirish evaziga pul olgan shaxslar qo‘lga olindi.
15:52 / 25.06.2026
O‘zbekistonda aholisi eng kam va eng ko‘p hududlar ma’lum qilindi

O‘zbekistonda aholisi eng kam va eng ko‘p hududlar ma’lum qilindi

Milliy statistika qo‘mitasi O‘zbekistonda aholisi eng kam va eng ko‘p bo‘lgan hududlar bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qildi.
13:36 / 25.06.2026
Ronaldo 6 ta jahon chempionatida gol urib, tarixiy rekord o‘rnatdi

Ronaldo 6 ta jahon chempionatida gol urib, tarixiy rekord o‘rnatdi

Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu 6 ta jahon chempionatining har birida gol urdi va bu natijaga erishgan …
08:40 / 24.06.2026
24-iyun kungi ob-havo ma’lumoti

24-iyun kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
17:18 / 23.06.2026
25-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

25-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
16:40 / 24.06.2026
Toshkentda ilk “sport” bekati paydo bo‘ldi

Toshkentda ilk “sport” bekati paydo bo‘ldi

Toshkent shahrining Sergeli tumanida joylashgan, 12 ta avtobus yo‘nalishi qatnovchi bekatda ilk bor sport maydonchasi tashki…
15:43 / 25.06.2026
Robaxon Maxmudova sudyalar hamjamiyati hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlariga tanishtirildi

Robaxon Maxmudova sudyalar hamjamiyati hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlariga tanishtirildi

Kecha, 22-iyun kuni Oliy sudning yangi raisi Robaxon Anvarovna Maxmudova sudyalar hamjamiyati hamda huquqni muhofaza qiluvch…
09:10 / 23.06.2026
“Bugun ham jamoam bilan faxrlanaman” — Fabio Kannavaro

“Bugun ham jamoam bilan faxrlanaman” — Fabio Kannavaro

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Portugaliyaga qarshi uchrashuvdan so‘ng futbolchilarining ha…
02:53 / 24.06.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!