Toshkent viloyati va Qashqadaryo viloyatida fuqarolarni ishga joylashtirish evaziga pul olgan shaxslar qo‘lga olindi.
Ma’lum qilinishicha, Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi bosh hisobchisi ikki fuqaroni farrosh lavozimiga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, 1000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, Chiroqchi tumanidagi oilaviy shifokorlik punkti mudiri ham fuqaroni hamshira lavozimiga ishga joylashtirish evaziga 500 AQSH dollarini olgan paytda qo‘lga olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!