Qashqadaryo, Buxoro va Farg‘ona viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida katta miqdordagi giyohvandlik vositalari hamda kuchli ta’sir qiluvchi dori preparatlari musodara qilindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, Qashqadaryo viloyati hududida “Qarshi – Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan Cobalt avtomashinasi tekshirilganda, Andijon viloyati Buloqboshi tumanida yashovchi 1966-yilda tug‘ilgan fuqaroning qo‘l sumkasidan 5 kilogramm 32 gramm “gashish” giyohvandlik vositasi aniqlanib, musodara qilingan.
Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida yashovchi 1974-yilda tug‘ilgan fuqaroning xonadonida o‘tkazilgan tekshiruv davomida tomorqasida 33 tup “kannabis” o‘simligi parvarish qilinayotgani ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, xonadondan 7 kilogramm 79 gramm “marixuana” ham ashyoviy dalil sifatida olingan.
Farg‘ona viloyatida esa “Andijon – Qo‘qon” yo‘nalishida harakatlanayotgan Lacetti avtomashinasi to‘xtatilib, undagi ikki nafar yo‘lovchiga tegishli qoplardan 1200 dona “Tropikamid” dori vositasi topilgan.
Tezkor tadbirlar davomida mazkur jinoiy faoliyatga aloqador yana uch nafar shaxs qo‘lga olinib, ulardan qo‘shimcha ravishda 345 dona “Tropikamid” va 15 dona “Regapen” dori vositalari musodara qilingan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!