Milliy statistika qo‘mitasi O‘zbekistonda aholisi eng kam va eng ko‘p bo‘lgan hududlar bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qildi.
Qayd etilishicha, 2026-yil 1-aprel holatiga ko‘ra, mamlakatdagi aholisi eng kam hudud Navoiy viloyatining G‘ozg‘on shahri bo‘lib, bu yerda 9,5 ming nafar aholi istiqomat qiladi.
Aholisi eng kam hududlar ro‘yxatida Navoiy viloyatining Tomdi tumani 15,3 ming nafar aholi bilan ikkinchi o‘rinni egallagan. Shuningdek, Sirdaryo viloyatining Shirin shahri, Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumani va Qoraqalpog‘iston Respublikasining Bo‘zatov tumani ham ushbu ro‘yxatdan joy olgan.
Mamlakatda aholisi eng ko‘p hudud esa Namangan shahri bo‘lib, bu yerda 731,3 ming kishi yashaydi. Keyingi o‘rinlarni Samarqand shahri va Urgut tumani egallagan.
Ma’lumot uchun, 2026-yil 1-aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning doimiy aholisi qariyb 38,4 million kishiga yetgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!