Toshkent shahrining Sergeli tumanida joylashgan, 12 ta avtobus yo‘nalishi qatnovchi bekatda ilk bor sport maydonchasi tashkil etildi. Endilikda yo‘lovchilar avtobus kutish vaqtida yengil jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishlari mumkin.
Mazkur bekat turli sport anjomlari bilan jihozlangan bo‘lib, unda turnikda tortilish, oddiy mashqlar bajarish va faol vaqt o‘tkazish imkoniyati yaratilgan.
Mutasaddilarga ko‘ra, bunday innovatsion yechimlar aholining salomatligini mustahkamlash va jamoat transporti infratuzilmasini yanada qulay qilishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!