$
12844.21 UZS
-11.72
127.35 UZS
-0.81
13508.26 UZS
-62.46
14° Kechasi

Go‘zallik salonlarida kasalliklar yuqtirib olishdan saqlaning

17:12 / 24.01.2024

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan sartaroshxonalar va go‘zallik salonlari, kosmetologiya xizmatlari, jumladan tatu va boshqa xizmatlar amaldagi sanitariya qoidalari, meʼyorlari va gigiyenik normativlariga muvofiqligini baholash mezonlarini aniqlash bo‘yicha savolnoma asosida tekshiriladi.

Aholiga xizmat ko‘rsatadigan sartaroshxonalar va go‘zallik salonlari, kosmetologiya xizmatlari, jumladan tatu va boshqa xizmatlar ishchi-xodimlari tibbiy ko‘rikdan o‘tgan bo‘lishlari kerak. Bundan tashqari, mijozlarga xizmat ko‘rsatish uchun instrumentlar, sochiq, salfetka va choyshablar bilan yetarli miqdorda taʼminlangan bo‘lishi lozim.

0305-12-son sanitariya qoida va meʼyorlarida belgilangan talablariga asosan manikyur, pedikyur va kosmetik kabinetlarda har bir ish joyida mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatish uchun uch komplekt instrumentlar bilan taʼminlangan bo‘lishi darkor.
Sartaroshlik va kosmetologiya xizmatlari (manikyur, pedikyur, qosh terish va boshqa kosmetologiya xizmatlari) jihozlari mijozlarga xizmat ko‘rsatishdan oldin zararsizlantirilib, sterilizatsiyalangan bo‘lishi kerak.

Har bir mijozga toza oqlik (sochiq, salfetka, choyshab) ishlatilishi va ishlatilgandan keyin oqliklar yuvilishi muhim hisoblanadi.
Gepatit, OIV-infeksiya, tuberkulyoz va boshqa yuqumli hamda parazitar kasalliklarning yuqishining oldini olish maqsadida har bir mijozdan keyin ishlatilgan instrumentlar zararsizlantiruvchi eritma solingan idishga solinib, 15 daqiqa davomida zararsizlantirishi, so‘ngra toza suvda yuvilib, sterilizatsiya qilinishi muhim sanitariya-epidemiologik ahamiyatga ega.

Toza instrumentlar maxsus metall qutilarda, usti yopiq holatda saqlanishi kerak.
Ish uchun maxsus kiyim bosh kiyishi, mijozga xizmat ko‘rsatishdan oldin va keyin qo‘llarini sovun bilan yuvishi, kosmetologiya xonasida qo‘l terisi uchun antiseptik ishlatishi, soch bo‘yashda rezinali qo‘lqoplardan foydalanishga amal qilishi kerak.

Pedikyur jarayonida mijoz oyog‘i tagiga qo‘yiladigan yostiqcha, klyonnka bilan qoplangan bo‘lishi, har bir mijozdan keyin zararsizlantiruvchi eritma bilan artilishi, oyoqlar uchun pedikyur vannasi har bir mijozdan keyin yuvuvchi vositalar va dezinfektantlar bilan zararsizlantirilishi shart.

Sartaroshxona xodimlari tarkibida 70 foizli spirt, yodning 5 foizli spirtli eritmasi, leykoplastir, bog‘lov materiallari bor bo‘lgan aptechka bilan taʼminlangan bo‘lishi shart.

Sartaroshxona va kosmetologiya xizmatlari jarayonida hosil bo‘ladigan chiqindilar zich yopiladigan maxsus idishga yig‘iladi hamda ish kuni yakunida bir martalik poliyetilen qoplarga solinib, og‘zi mahkam qilib bog‘lanib, o‘rnatilgan tartibda utilizatsiya qilinadi. Ishlatilgan qoplar qayta ishlatilmaydi.


Yana bir muhim jihatga to‘xtaladigan bo‘lsak, sartaroshxona xodimlari ishga kirishdan oldin va vaqti-vaqti bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tishi, sanminimum kursini o‘qigan bo‘lishi shart.

Sartaroshxona xodimlarini sanminimum kursida o‘qishidan maqsad, zimmasidagi ish jarayonida har bir mijozning sog‘ligiga zarar yetkazmaslik, agarda bu kabi holat yuzaga kelganda ham sanitariya-epidemiologik jihatdan uning oqibatlari, nimalarga olib kelishi mumkinligi to‘g‘risida to‘liq maʼlumotga ega bo‘lishda muhim ahamiyatga ega.


salomatlik


														
														JSST: Superbakteriyalar yiliga 1,3 million kishining hayotiga zomin bo‘lmoqda

JSST: Superbakteriyalar yiliga 1,3 million kishining hayotiga zomin bo‘lmoqda

Dunyoda infeksiyalarning antibiotiklarga chidamli turlari ko‘paymoqda. Bu esa insoniyat hayoti, salomatligi va epidemiologik…
10:42 / 20.11.2024

														
														Olimlar tomonidan saraton bo‘yicha salbiy taxminlar e’lon qilindi

Olimlar tomonidan saraton bo‘yicha salbiy taxminlar e’lon qilindi

Charlz Stert universiteti olimlari saraton bo‘yicha tadqiqot o‘tkazishdi va uning natijalari JAMA Network Open jurnalida cho…
11:57 / 08.11.2024

														
														Homiladorlikda shakar kam yeyilsa, bolada qandli diabetga chalinish xavfi kamayadi

Homiladorlikda shakar kam yeyilsa, bolada qandli diabetga chalinish xavfi kamayadi

Euronews nashrining yozishicha, Kanadadagi Makgill universiteti, AQShdagi Berkli Kaliforniya universiteti va Janubiy Kalifor…
11:30 / 06.11.2024

														
														Havo ifloslanishi bo‘yicha jahon antirekordi yangilandi

Havo ifloslanishi bo‘yicha jahon antirekordi yangilandi

Pokiston poytaxti havo ifloslanishi bo‘yicha antirekordni yangiladi.
10:13 / 04.11.2024

														
														Dunyoda tuberkulyozga chalinish holatlari ortdi

Dunyoda tuberkulyozga chalinish holatlari ortdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tuberkulyoz kasalligi bo‘yicha yangi hisobotni eʼlon qildi.
14:30 / 03.11.2024

														
														Varikoz nima sababdan paydo bo‘ladi?

Varikoz nima sababdan paydo bo‘ladi?

Varikoz kasalligi bu oyoqlar vena tomirlarining kengayishi bo‘lib, kechga borib oyoq shishishi yoki og‘irlik sezilishi bilan…
11:48 / 03.11.2024

														
														Nega tish g‘ichirlaydi?

Nega tish g‘ichirlaydi?

Tish g‘ichirlatishning sabablari ko‘p. U, ayniqsa, yosh bolalarda, ba’zan kattalarda ham kuzatiladi.
15:21 / 02.11.2024

														
														O‘zbekiston aholisi ko‘proq qaysi kasalliklardan vafot etmoqda?

O‘zbekiston aholisi ko‘proq qaysi kasalliklardan vafot etmoqda?

Statistika agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, 9 oy davomida O‘zbekistonda qayd etilgan o‘limlarning 57,2 foizi qon aylanish…
15:53 / 31.10.2024

														
														Farzandingizda gijja borligining belgilarini qanday bilasiz?

Farzandingizda gijja borligining belgilarini qanday bilasiz?

Ozib ketish va yegani tanasiga “yuqmasligi” bolada gijja borligini bildirishi mumkin. Bunday paytda yana quyidagi alomatlar …
11:06 / 28.10.2024

														
														O‘t pufagida tosh yig‘ilishining sababi nima?

O‘t pufagida tosh yig‘ilishining sababi nima?

Eng avvalo, dimlanish sababli o‘t pufagida tosh paydo bo‘ladi. Bu ko‘proq homilador ayollarda uchraydi.
11:02 / 28.10.2024

Bu ham qiziq

Yangi Zelandiya “Hizbulloh”ni terrorchi tashkilot sifatida tan oldi

Yangi Zelandiya “Hizbulloh”ni terrorchi tashkilot sifatida tan oldi

Yangi Zelandiya Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Qurolli va siyosiy guruh “Hizbulloh”ni terroristik tashkilot deb belg…
09:31 / 21.11.2024
Turkmanistonda “Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda

Turkmanistonda “Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda

O‘zbekiston milliy stendi xalqaro standartlarga javob beradigan innovatsion ishlanmalar va yuqori sifatli mahsulotlarni taqd…
20:52 / 20.11.2024
Poytaxtning ayrim ko‘chalari vaqtincha yopiladi

Poytaxtning ayrim ko‘chalari vaqtincha yopiladi

Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ matbuot xizmati xabar berdi.
21:39 / 21.11.2024
Kelgusi 5 yilda aholi soni 40 milliondan ortishi kutilmoqda

Kelgusi 5 yilda aholi soni 40 milliondan ortishi kutilmoqda

Yig‘ilishda kambag‘allikni qisqartirish, ekologiya, energetika, transport, yo‘l, ichimlik suvi ta’minoti, aholini uy-joy bil…
11:07 / 20.11.2024
Gaz xarajatlarini onlayn kuzatish imkonini beruvchi mobil ilova ishga tushirildi

Gaz xarajatlarini onlayn kuzatish imkonini beruvchi mobil ilova ishga tushirildi

“Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan aholi isteʼmolchilarining tabiiy gaz sarfi va xarajatlarini onlayn kuzatish imkonini beruvch…
14:24 / 21.11.2024
O‘zbekiston Prezidenti Rossiya delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti Rossiya delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-noyabr kuni amaliy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Ross…
18:42 / 21.11.2024
“Zapravka”lar haqida ma’lumot beruvchi yangi ilova ishga tushdi

“Zapravka”lar haqida ma’lumot beruvchi yangi ilova ishga tushdi

Ilova “Avto24” deb nomlanadi.
16:58 / 20.11.2024
Bayden Netanyaxuni hibsga olish to‘g‘risidagi orderni “dahshatli” deb atadi

Bayden Netanyaxuni hibsga olish to‘g‘risidagi orderni “dahshatli” deb atadi

Kecha, 21-noyabr kuni Xalqaro jinoyat sudi Netanyaxu va Galantni G‘azo sektoridagi harbiy jinoyatlari uchun hibsga olish to‘…
09:38 / 22.11.2024
22-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

22-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 4-6, kunduzi 13-15 daraja iliq bo‘ladi.
22:47 / 21.11.2024
Avstraliyada 16 yoshga to‘lmagan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanadi

Avstraliyada 16 yoshga to‘lmagan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanadi

Bu haqda mamlakat bosh vaziri Entoni Albanese rasmiy veb-saytida xabar berilgan.
18:27 / 21.11.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!