“Netflix” platformasida mashhurlikka erishgan “Hammamiz oʻldik” seriali yulduzi Pak Solomon kelib chiqishi, millati va bolalik yillari haqida gapirdi.
“Mening Oʻzbekistonda tugʻilganim rost. Ammo, koreys xalqiga mansubman, kelib chiqishim koreys. Koreyada ulgʻayganman, boshlangʻich, oʻrta va yuqori maktablarga shu yerda qatnaganman. Turli hil madaniyatlar qorishgan oiladan kelib chiqqanim uchun bu yerda oʻzimni atrofdagilardan oʻzgacha his qilmaganman”, dedi Solomon.
Lomon taxallusi bilan ijod qilayotgan yosh aktyor ayni vaqtda “Third Person Plural” televizion loyihasi ustida ish boshlagan.
“Serial butun dunyoda erishgan mashhurlik uchun hammadan minnatdorman. Men bir kechada shunchalar mehr-muhabbat va eʼtiborga sazovor boʻldimki, bularning barchasi ishonib boʻlmasdek tuyuladi. Barchaga oʻzimning aktyor sifatida rivojlanayotganimni koʻrsatmoqchiman, shuning uchun ham aktyorlik mahoratini oʻrganyapman”, dedi Lomon.
Eslatib oʻtamiz, yosh aktyor “Netflix” platformasida taqdim etilgan “Hammamiz oʻldik” seriali orqali mashhurlikka erishdi. U serialdagi bosh rollardan birini ijro etgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!