Strategik islohotlar agentligi tuman va shahar hokimliklari faoliyatini samarali qilish bo‘yicha prezident farmoni loyihasini ishlab chiqdi. Hozirgi tizimda hokimlarga ortiqcha vazifalar yuklatilgani sababli boshqaruvni qayta ko‘rib chiqish zarurati tug‘ilgan.
Loyihaga ko‘ra, 2026-yil oxirigacha 32 ta hududda yangi boshqaruv tartibi joriy etiladi. Hokimlik tarkibiga iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi, madaniyat va yoshlar siyosati kabi bo‘linmalar kiritilib, hokimlarga kadrlar va shtatlarni mustaqil belgilash vakolati beriladi.
Sinov davrida hokim o‘rinbosarlari soni 4 nafarga qisqartiriladi, vazifalar esa hudud ehtiyojidan kelib chiqib belgilanadi. Bir rahbarga kamida uch nafar ijrochi xodim biriktiriladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!