Ichki ishlar organlarida 10 nafar rahbar lavozimidan ozod etiladi
O‘zbekistonda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish borasida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 10 nafar ichki ishlar organlari rahbarini lavozimidan ozod etish bo‘yicha qaror qabul qilindi. Yana 7 nafar rahbarga qattiq intizomiy jazo qo‘llash, 3 nafarining esa lavozimida qolish-qolmasligini ko‘rib chiqish belgilandi.
Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Aziz Toshpo‘latov rahbarligida vazirlikning 2026-yil ikkinchi choragidagi faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan Hay’at yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda joriy yilning birinchi yarmida respublikadagi kriminogen vaziyat, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar, jamoat xavfsizligini ta’minlash, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish hamda xizmat intizomi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Bundan tashqari, 7 nafar rahbarga qattiq intizomiy jazo qo‘llash, yana 3 nafar rahbarning lavozimida qolish yoki qolmaslik masalasini ko‘rib chiqish belgilandi.Hay’at yig‘ilishi yakunida jamoat xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish va xizmat intizomini mustahkamlash bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatilishi qayd etildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!