$
11795.00 UZS
-18.09
135.80 UZS
0.19
13698.71 UZS
21.51
31° Kechasi 18°

Tramp Erondan kelgan tahdid sabab Turkiyadan yashirincha harbiy samolyotda uchib ketgan

11:52 / 11.08.2026

AQSH Prezidenti Donald Tramp joriy yilning iyul oyida Turkiya poytaxti Anqarada o‘tkazilgan NATO sammitidan so‘ng mamlakatni yashirin tarzda tark etgan. Bu haqda The Washington Post xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Tramp 7–8 iyul kunlari Anqarada bo‘lib o‘tgan NATO davlatlari rahbarlari sammitida ishtirok etgan. U Anqaraga Qatar qirollik oilasi tomonidan sovg‘a qilingan yangi prezidentlik samolyotida kelgan.

Biroq Tramp Turkiyadan qaytishda ommaga o‘zining eski prezidentlik samolyotida uchib ketayotgandek ko‘ringan. Jurnalistlar ham dastlab prezident aynan shu bortda AQSHga qaytadi, deb hisoblagan.

The Washington Post manbalariga ko‘ra, aslida esa Tramp aeroportda yashirincha AQSH Harbiy-havo kuchlarining C-32A rusumli kichikroq harbiy-transport samolyotiga o‘tkazilgan. Prezidentni samolyotgacha kichik yuk mashinasida olib borishgan. Bu transport vositasi odatda samolyotlarga oziq-ovqat va boshqa zarur yuklarni yetkazish uchun ishlatiladi.

Xabarlarga ko‘ra, bunday maxsus operatsiya Trampga qarshi ehtimoliy hujumchilarning uning qaysi samolyotda ekanini aniqlashiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida amalga oshirilgan. AQSH rasmiylari bu chorani Eron tomonidan Trampga nisbatan mavjud bo‘lgan suiqasd tahdidi bilan bog‘lagan.

Oq uyning kommunikatsiyalar bo‘yicha direktori Stiven Chun nashrga bergan izohida xabarning tafsilotlarini tasdiqlamagan. Biroq u AQSH prezidentiga qarshi mavjud tahdidlarni jiddiy qabul qilishlarini va xavfsizlikni ta’minlash uchun barcha imkoniyatlardan foydalanishlarini bildirgan.

Avvalroq xalqaro OAV Isroil AQSH ma’muriyatiga Eron Trampga suiqasd uyushtirishning yangi rejasini tayyorlayotgani haqida razvedka ma’lumotlari taqdim etgani haqida xabar bergan edi.

Eslatib o‘tamiz, Tramp 2024-yil 13-iyul kuni Pensilvaniya shtatining Batler shahridagi saylovoldi mitingida qurolli hujumga uchragan va o‘ng qulog‘idan yaralangan. Shuningdek, 2024-yil sentyabr oyida uning Florida shtatidagi golf klubida qurollangan shaxs tomonidan uyushtirilishi mumkin bo‘lgan hujumning oldi olingan.


Boshqalar


														
														Qozog‘istonda pensiyalar inflyatsiyadan yuqori sur’atda oshdi

Qozog‘istonda pensiyalar inflyatsiyadan yuqori sur’atda oshdi

Qozog‘istonda pensiyalar o‘sishi inflyatsiya darajasidan yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi. Biroq ekspertlar bu raqamlar ortida…
15:18 / 06.09.2026

														
														Isroilning Livan shimolidagi zarbalarida 18 kishi halok bo‘ldi

Isroilning Livan shimolidagi zarbalarida 18 kishi halok bo‘ldi

Isroil harbiylarining Livan shimoliga uyushtirgan havo hujumlarida 18 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Livan Qizil Xoch jamiyati…
15:10 / 06.09.2026

														
														“Ukraina mudofaasi uchun 27 milliard dollar yetishmayapti” — Yevgeniy Xmara

“Ukraina mudofaasi uchun 27 milliard dollar yetishmayapti” — Yevgeniy Xmara

Ukrainada mudofaani moliyalashtirish uchun 27 milliard dollar miqdorida mablag‘ taqchilligi yuzaga kelgan. Bu haqda Ukraina …
00:09 / 31.08.2026

														
														“Kalmar o‘yini”: ikki maktab o‘quvchisi 12 yoshli bolani o‘ldirgani aytilmoqda

“Kalmar o‘yini”: ikki maktab o‘quvchisi 12 yoshli bolani o‘ldirgani aytilmoqda

Moskva viloyatining Orehovo-Zuyevo shahar okrugida 12 yoshli maktab o‘quvchisi o‘ldirildi. Jinoyatda gumonlanayotgan 15 va 1…
12:58 / 30.08.2026

														
														Qirg‘in ostidagi “Love story”: Ukraina­da juftlik front yaqinida turmush qurdi

Qirg‘in ostidagi “Love story”: Ukraina­da juftlik front yaqinida turmush qurdi

Ukrainaning Rossiya bilan urushdagi front chizig‘i tobora yaqinlashib kelayotgan Kramatorsk shahrida 35 yoshli Tetiana va Al…
12:52 / 30.08.2026

														
														Narra to‘foni Xitoy va Vetnamda kuchli suv toshqinlarini keltirib chiqardi

Narra to‘foni Xitoy va Vetnamda kuchli suv toshqinlarini keltirib chiqardi

“Narra” to‘foni Xitoyning janubi va Vetnamning shimoliy hududlarida vaziyatni keskinlashtirdi. Kuchli va uzoq davom etgan yo…
14:39 / 24.08.2026

														
														Nursulton Nazarboyev operatsiyadan keyin ilk bor ko‘rinish berdi

Nursulton Nazarboyev operatsiyadan keyin ilk bor ko‘rinish berdi

Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev 23-avgust kuni Qurultoy deputatlari saylovida uyidan turib ovoz ber…
09:46 / 24.08.2026

														
														O‘zbekistonda elektrdan noqonuniy foydalanish oqibatida davlatga salkam 4 mlrd so‘m zarar yetdi

O‘zbekistonda elektrdan noqonuniy foydalanish oqibatida davlatga salkam 4 mlrd so‘m zarar yetdi

O‘zbekistonning bir qator hududlarida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq yirik qoidabuzarliklar aniqla…
15:09 / 17.08.2026

														
														Tramp Janubiy Koreya bilan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni qisqartirishni buyurdi

Tramp Janubiy Koreya bilan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni qisqartirishni buyurdi

AQShprezidenti Donald Tramp Pentagon rahbari Pit Hegsetga Janubiy Koreya bilan o‘tkazilayotgan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarn…
10:21 / 17.08.2026

														
														Belarusda 10-sinf o‘quvchilariga dron boshqarish va taktik tibbiyot o‘rgatiladi

Belarusda 10-sinf o‘quvchilariga dron boshqarish va taktik tibbiyot o‘rgatiladi

Belarusda 10-sinf o‘quvchilari uchun harbiy-amaliy tayyorgarlik dasturi kengaytirilmoqda.
14:33 / 14.08.2026

Bu ham qiziq

O‘zbekistonda bitiruvchilari eng yuqori natija ko‘rsatgan 20 ta oliygoh aniqlandi

O‘zbekistonda bitiruvchilari eng yuqori natija ko‘rsatgan 20 ta oliygoh aniqlandi

O‘zbekistonda “Bitiruvchilar sifati indeksi” natijalariga ko‘ra, eng yuqori ko‘rsatkich qayd etgan 20 ta oliy ta’lim muassas…
13:01 / 06.09.2026
Farg‘ona va Namanganda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi fosh etildi

Farg‘ona va Namanganda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi fosh etildi

DXX Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari Ichki ishlar va Bojxona organlari bilan hamkorlikda Qo‘qon shahrida giy…
10:32 / 04.09.2026
AQShda Tramp tasvirlangan 1 dollarlik tanga muomalaga chiqarildi

AQShda Tramp tasvirlangan 1 dollarlik tanga muomalaga chiqarildi

AQSHda mamlakatning mustaqilligining 250 yilligiga bag‘ishlangan, Donald Tramp tasviri tushirilgan 1 dollarlik tanga muomala…
09:45 / 04.09.2026
Glinka ko‘chasidagi portlash sababi ma’lum bo‘ldi

Glinka ko‘chasidagi portlash sababi ma’lum bo‘ldi

Toshkent shahrining Glinka ko‘chasida yuz bergan avariyaga yerosti gaz quvuridan sizib chiqqan gaz sabab bo‘lgani aniqlandi.…
14:01 / 04.09.2026
Dunyoda oziq-ovqat narxlari 2022-yil oxiridan beri eng yuqori darajaga chiqdi

Dunyoda oziq-ovqat narxlari 2022-yil oxiridan beri eng yuqori darajaga chiqdi

Dunyoda oziq-ovqat narxlari yana oshmoqda. BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil…
10:17 / 05.09.2026
Shayxa Al-Mayassa ishtirokida Qatorda «O‘zbekiston: harakatdagi meros» ko‘rgazmasi ochildi.

Shayxa Al-Mayassa ishtirokida Qatorda «O‘zbekiston: harakatdagi meros» ko‘rgazmasi ochildi.

Kuni kecha Saida Mirziyoyeva Qatar Islom san’ati muzeyida tashkil etilgan “O‘zbekiston: harakatdagi meros” ko‘rgazmasining o…
11:38 / 03.09.2026
Qozog‘istonda pensiyalar inflyatsiyadan yuqori sur’atda oshdi

Qozog‘istonda pensiyalar inflyatsiyadan yuqori sur’atda oshdi

Qozog‘istonda pensiyalar o‘sishi inflyatsiya darajasidan yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi. Biroq ekspertlar bu raqamlar ortida…
15:18 / 06.09.2026
Suvdan qarzni yopish bahonasida 25 kishini “uxlatgan” nazoratchi ushlandi.

Suvdan qarzni yopish bahonasida 25 kishini “uxlatgan” nazoratchi ushlandi.

“Buxoro suv ta’minoti” AJning sobiq nazoratchisi 25 nafar fuqarodan suv iste’moli uchun deb olgan mablag‘larni o‘z ehtiyojla…
17:08 / 04.09.2026
Farg‘onadagi yerto‘ladagi “akula” aslida Siam somi bo‘lib chiqdi

Farg‘onadagi yerto‘ladagi “akula” aslida Siam somi bo‘lib chiqdi

Farg‘onadagi ko‘p qavatli uy yerto‘lasida boqilayotgani aytilgan “akula” aslida akula emas, Siam somi ekani ma’lum bo‘ldi.
10:21 / 05.09.2026
Uyushma 35 ta “Mahorat maktabi”ni tashkil etdi

Uyushma 35 ta “Mahorat maktabi”ni tashkil etdi

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi tashabbusi a…
10:07 / 05.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!