$
11795.00 UZS
-18.09
135.80 UZS
0.19
13698.71 UZS
21.51
31° Kechasi 18°

Jazirama sabab elektr ta’minoti vaqtincha uziladi

16:03 / 17.07.2026

O‘zbekistonda yirik avariyalarning oldini olish uchun ayrim hududlarda elektr 2 soatga o‘chiriladi. Energetika vazirligi xabar berishicha, so‘nggi kunlarda kuzatilayotgan anomal issiq havo elektr energiyasi iste’molining keskin ortishiga sabab bo‘lmoqda. 2026-yil 16-iyul kuni sutkalik elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi ham 295,4 mln kilovatt-soatni tashkil etib, yangi rekord o‘rnatildi. Bu 15-iyulda qayd etilgan 291,4 mln kilovatt-soatlik ko‘rsatkichdan 4 mln kilovatt-soatga yoki 1,37 foizga yuqori.

Ma’lum qilinishicha, anomal issiq tufayli ochiq havoda joylashgan elektr uzatish tarmoqlari va uskunalari me’yoriy ish haroratidan ancha yuqori darajada qizimoqda. Ayniqsa, kunduzgi vaqtlarda minglab konditsionerlar, muzlatkichlar, sovitish uskunalari hamda boshqa elektr jihozlarining bir vaqtda ishlashi tarmoqlardagi yuklamani yanada oshirib, uskunalarning ishdan chiqishi yoki avariyalar yuzaga kelishi xavfini kuchaytirmoqda. Shunday vaziyatlarda energotizimda yirik nosozliklarning oldini olish maqsadida dispetcherlik xizmatlari elektr uzatish tarmoqlaridagi yuklamani kamaytirish choralarini ko‘radi. Jumladan, ayrim tarmoqlarda yuklama kritik darajaga yaqinlashganda uskunalarni himoya qilish uchun hududlar qisqa muddatga elektr ta’minotidan uzib turilishi mumkin. Bu elektr qurilmalarining ishdan chiqishi, yonib ketishi va kunlab davom etadigan yirik avariyalarning oldini olish uchun zarur chora ekani qayd etilgan.

Bildirilishicha, ayrim hududlardagi elektr uzatish tarmoqlarida o‘ta yuklama yuzaga kelishining oldini olish maqsadida 2 soatlik majburiy cheklov joriy etilgan. Xususan:

Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala va Chiroqchi tumanlaridagi 1 750 ta iste’molchi;

Jizzax viloyatining Sharof Rashidov va Zomin tumanlaridagi 1 200 ta iste’molchi;

Xorazm viloyatining Shovot, Gurlan va Qo‘shko‘pir tumanlaridagi 1 300 ta iste’molchi;

Toshkent viloyatining Toshkent va Zangiota tumanlaridagi 1 000 ta iste’molchi vaqtincha elektr ta’minotidan uzilgan.


O‘zbekiston


														
														4-sentyabr kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

4-sentyabr kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Toshkent viloyati, Andijon, Namangan hamda Farg‘ona viloyatlarida ham yog‘ingarchilik kutiladi.
17:26 / 03.09.2026

														
														Yakkasaroyda quvur yorilib ketdi

Yakkasaroyda quvur yorilib ketdi

Hodisa oqibatida bir kishi jarohat olgan. Glinka ko‘chasida transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatilgan.
17:01 / 03.09.2026

														
														Muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar mukofotlandi

Muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar mukofotlandi

Misr poytaxti Qohira shahrida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro anjumanning tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston musulmonlari i…
10:12 / 03.09.2026

														
														Ohangaronda Lacetti Isuzu bilan to‘qnashib ketdi

Ohangaronda Lacetti Isuzu bilan to‘qnashib ketdi

Hodisa kecha, 2-sentyabr kuni soat taxminan 18:30larda Toshkent viloyati Ohangaron tumani hududidan o‘tgan A-373 “Toshkent -…
09:59 / 03.09.2026

														
														Poytaxtda avtomobillar soni 30 foizga oshdi

Poytaxtda avtomobillar soni 30 foizga oshdi

2026-yil 2-sentyabr — yangi o‘quv yilining ilk kunida Toshkent ko‘chalaridagi transport oqimi 24-avgustdagi odatiy ish kunig…
09:48 / 03.09.2026

														
														10 ming dollargacha naqd valyutani deklaratsiyasiz olib chiqish mumkin bo‘ladi.

10 ming dollargacha naqd valyutani deklaratsiyasiz olib chiqish mumkin bo‘ladi.

O‘zbekiston hududini tark etayotgan jismoniy shaxslar deklaratsiya to‘ldirmasdan olib chiqib ketishi mumkin bo‘lgan naqd val…
18:21 / 02.09.2026

														
														3-sentyabrda dollar kursi tushadi!

3-sentyabrda dollar kursi tushadi!

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 3 sentyabr kuni amalda bo‘ladigan qiy…
18:06 / 02.09.2026

														
														Toshkentda Tashkent International Half Marathon – 2026 o‘tkaziladi

Toshkentda Tashkent International Half Marathon – 2026 o‘tkaziladi

6-sentabr kuni Toshkent shahrida Tashkent International Half Marathon – 2026 xalqaro yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Isht…
15:11 / 02.09.2026

														
														Putin Zelenskiyning bayonotini “davlat terrorizmiga teng” deb baholadi

Putin Zelenskiyning bayonotini “davlat terrorizmiga teng” deb baholadi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning Rossiya havo hududining tobora xavfli bo‘lib bor…
15:05 / 02.09.2026

														
														Belgiyada Isroil klubi ishtirokidagi Yevropa Ligasi o‘yiniga ruxsat berilmadi

Belgiyada Isroil klubi ishtirokidagi Yevropa Ligasi o‘yiniga ruxsat berilmadi

Belgiyaning Lyoven shahri meri Muhammad Riduani “Den Dref” stadionida Bryusselning “Yunion” va Isroilning “Xapoel” (Beer-She…
14:59 / 02.09.2026

Bu ham qiziq

Yakkasaroyda quvur yorilib ketdi

Yakkasaroyda quvur yorilib ketdi

Hodisa oqibatida bir kishi jarohat olgan. Glinka ko‘chasida transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatilgan.
17:01 / 03.09.2026
Andijondagi “G‘amxo‘rlik” markazida bolalarga zo‘ravonlik qilingani aniqlandi

Andijondagi “G‘amxo‘rlik” markazida bolalarga zo‘ravonlik qilingani aniqlandi

Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanidagi nogironligi bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan “G‘amxo‘rlik” markazida tarbiyalanu…
09:55 / 02.09.2026
Nepalda kuchli ko‘chki va sel oqibatida 1 127 kishi halok bo‘ldi

Nepalda kuchli ko‘chki va sel oqibatida 1 127 kishi halok bo‘ldi

Nepalning shimoliy hududlarida yuz bergan kuchli ko‘chki va undan kelib chiqqan sel oqibatida halok bo‘lganlar soni 1 127 na…
09:28 / 02.09.2026
“Kalmar o‘yini”: ikki maktab o‘quvchisi 12 yoshli bolani o‘ldirgani aytilmoqda

“Kalmar o‘yini”: ikki maktab o‘quvchisi 12 yoshli bolani o‘ldirgani aytilmoqda

Moskva viloyatining Orehovo-Zuyevo shahar okrugida 12 yoshli maktab o‘quvchisi o‘ldirildi. Jinoyatda gumonlanayotgan 15 va 1…
12:58 / 30.08.2026
Hindistondan O‘zbekistonga olib kelinadigan go‘sht halol sertifikati asosida tayyorlanadi

Hindistondan O‘zbekistonga olib kelinadigan go‘sht halol sertifikati asosida tayyorlanadi

O‘zbekiston Hindistondan go‘sht importini kengaytirish va ushbu mamlakatda go‘sht yetishtirish hamda tayyorlash bo‘yicha qo‘…
00:16 / 31.08.2026
Qirg‘in ostidagi “Love story”: Ukraina­da juftlik front yaqinida turmush qurdi

Qirg‘in ostidagi “Love story”: Ukraina­da juftlik front yaqinida turmush qurdi

Ukrainaning Rossiya bilan urushdagi front chizig‘i tobora yaqinlashib kelayotgan Kramatorsk shahrida 35 yoshli Tetiana va Al…
12:52 / 30.08.2026
Toshkentda Tashkent International Half Marathon – 2026 o‘tkaziladi

Toshkentda Tashkent International Half Marathon – 2026 o‘tkaziladi

6-sentabr kuni Toshkent shahrida Tashkent International Half Marathon – 2026 xalqaro yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Isht…
15:11 / 02.09.2026
AQSHda ayol 11 oylik o‘g‘lini otasiga berib yubormaslik uchun o‘ldirdi

AQSHda ayol 11 oylik o‘g‘lini otasiga berib yubormaslik uchun o‘ldirdi

AQSHda 36 yoshli ayol sud qarori bilan farzandining otasiga berilishi belgilanganidan so‘ng 11 oylik o‘g‘lini olib qochib, u…
12:55 / 30.08.2026
Bo‘stonliqda 320 ming yillik tosh qurollar topildi

Bo‘stonliqda 320 ming yillik tosh qurollar topildi

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi Arkutsoy paleolit yodgorligida taxminan 320–280 ming yil avvalgi qatlamga mansub…
00:20 / 31.08.2026
Skott Maktominey yuragidagi muammo sabab operatsiya qilinadi

Skott Maktominey yuragidagi muammo sabab operatsiya qilinadi

“Napoli” yarim himoyachisi Skott Maktominey yurak bilan bog‘liq muammo sabab vaqtincha futbol maydonlaridan chetda qoladi. K…
10:19 / 02.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!