O‘zbekistonda 2026-yilgi Mustaqillik bayrami munosabati bilan ayrim xodimlar ketma-ket to‘rt kun dam oladi. Bu Prezidentning 2026-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risidagi farmonida belgilangan.
Besh kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun 29-avgust, shanba va 30-avgust, yakshanba — odatiy dam olish kunlari. 31-avgust, dushanba — qo‘shimcha dam olish kuni, 1-sentabr, seshanba esa Mustaqillik kuni sifatida bayram va ishlanmaydigan kun hisoblanadi.
Shu tariqa, besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar 29-avgustdan 1-sentabrgacha ketma-ket to‘rt kun dam oladi.
Olti kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun esa 29-avgust, shanba — ish kuni. Ular 30-avgustdan 1-sentabrgacha uch kun ketma-ket dam oladi. 29-avgustdagi ish kuni esa bayram oldidan qisqartiriladi.
2-sentabr, chorshanba kunidan boshlab barcha xodimlar uchun odatiy ish tartibi qayta boshlanadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!