2026-yil 10-avgust kuni Rossiyaning Tatariston Respublikasidagi Nijnekamsk shahrida joylashgan qator obyektlarga dronlar orqali hujum uyushtirilgan edi.
Hodisa oqibatida Nijnekamskdagi qurilish korxonasida ishlagan 8 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgan. Yana bir qator fuqarolar turli darajada tan jarohatlari bilan shifoxonalarga yotqizilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga ko‘ra, halok bo‘lgan fuqarolarning jasadlarini Vatanga olib kelish, jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish va ularning oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilgan.
12-avgust kuni maxsus aviareys orqali halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarining jasadlari Vatanga olib kelindi.
O‘zbekistonning Rossiyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi B. Asadov hamda O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsuli N. Qosimov voqea joyiga borib, mahalliy mas’ul idoralar bilan uchrashuvlar o‘tkazgan.
Tashqi ishlar vazirligi hodisa bilan bog‘liq barcha masalalarni, jumladan, jabrlangan fuqarolarga zarur yordam ko‘rsatish ishlarini Rossiya tomoni bilan hamkorlikda nazoratga olgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!