Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) Bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha Sudandagi ziddiyatli tomonlarni musulmonlarning muqaddas Qurbon hayiti kunlarida barcha zo‘ravonlik va nizolarni to‘xtatishga chaqirdi.
IHT ma’lumotlariga ko‘ra, Toha bayram munosabati bilan Sudandagi to‘qnashuvlarni to‘liq to‘xtatishga chaqirgan.
Bosh kotib musulmonlarning muqaddas bayrami qon to‘kilmasligi, gumanitar tashkilotlarning Sudanning mojarodan jabr ko‘rgan hududlarida erkin harakatlanishlariga imkon berilishi kerakligini ta’kidladi.
Bundan tashqari, u Sudandagi mojaroni hal qilish masalasida faol ishtirok etayotgan mintaqaviy va xalqaro siyosatchilarni oʻt ochishni toʻxtatish saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlashga chaqirdi.
Sudan armiyasi bilan Tezkor harakat kuchlari (RRF) o'rtasida 15-apreldan beri davom etayotgan to'qnashuvlar, 18-iyun kuni boshlangan 3 kunlik sulhning tugashi bilan yana avj oldi.
Sudanda uchinchi oydan beri davom etayotgan to‘qnashuvlarda 1000 ga yaqin odam halok bo‘ldi, 5000 ga yaqini yaralandi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!